Bugun 30-oktabr kuni Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti 4-bosqich Geografiya talabalari o‘zining amaliyot o‘tayotgan 22-sonli maktabda «Orol mening taqdirimda» nomli Geografiya kechasi o‘tkazildi. Kechada Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti dekani N. Emberbenov, Ijtimoiy va iqtisodiy geografiya kafedrasi boshlig‘i G. Xodjaeva, Tabiiy Geografiya va Gidrometeorologiya kafedrasi boshlig‘i K. Allanazarov, Ijtimoiy va Iqtisodiy Geografiya kafedrasi o‘qituvchilari M. Tursinov, Q. Daljanov, G. Naurizbaeva va D. Dauletbaevalar qatnashdi.
Kechani Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti dekani N. Embergenov ochib berdi. Bitiruvchi 4-bosqich talabalariga omad tiladi. Maktab rahbariyati va o‘qituvchilariga amaliyot davomida, dars jarayonida o‘zining katta hayotiy va ilmiy tajribalarini o‘rgatgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ijtimoiy va Iqtisodiy geografiya kafedrasi boshlig‘i G. Xodjaeva so‘zga chiqib, kechaning «Orol mening taqdirimda» deya nomlanishi, Orol dengizining global muammo ekanligini hamda hozirgi kunda Orol dengizinining mavjud qismini saqlab qolishga qaratilgan ishlarni alohida aytib o‘tdi.
4-bosqich Geografiya talabasi Quwatbayev Shahzod va Alimova Matlubalar Orol dengizi haqida kecha qatnashuvchilariga taqdimot hamda videoroliklar orqali Orol dengizining oldingi va hozirgi holati bo‘yicha ma’lumot berdilar.


22-sonli maktabning o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan Vatanni madh etuvchi qo‘shiq va raqslar, «Quvnoqlar va Zukkolar» barchaga kulgu va zavq bag‘ishladilar.
Maktabning 8-a sinf o‘quvchilaridan tuzilgan Erotasfen jamoasi hamda 8-b Vasko da gamma jamoalari salomlashish, Geografik suratlarga ta’rif berish, Krossvord, Karta tuzish shartlari, Bilim shou orqali o‘zaro bellashishdi.
«Geografiya kecha»si yakuniga ko‘ra jamoasi 1-o‘rin 8-a sinf o‘quvchilaridan tuzilgan» Vasko da gamma» jamoasi hamda 2-o‘rin 8-b sinfning «Eratosfen» jamoalari egalladi. Jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Nurbek Tojimurodov
Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti yetakchisi