Arxitektura fakultetida xotin-qizlarga huquqiy tushunchalar berish borasida davra suhbati o’tkazildi

 Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti xotin-qizlar kengashi raisi I.Seytnazarova, Arxitektura fakultetining xotin-qizlar masalalari bo’yicha yetakchisi D.Kamolova, Arxitektura kafedrasi katta o’qituvchisi A.Abekeeva, Fakultetimiz tyutori G.Jubanova, Qurilish fakultetining xotin-qizlar masalalari bo’yicha yetakchisi R.Pahratdinova, fakultetimizning hamshirasi K.Doshanova, Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasidan G.Xojametova va fakultetimiz talaba qizlari davra suhbatiga ishtirok etishti.   

Arxitektura fakultetida tahsil olayotgan talaba qizlar uchun “Fakultet xotin-qizlarning orasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, aldanish va korruptsiyaning oldini olish bo’yicha keng ko’lamdagi huquqiy tushunchalar berish” mavzusidagi masalalaridan, oily o’quv yurtida tahsil olayotgan talaba qizlarning ta’lim tarbiyasi haqida qisqacha, oily o’quv yurtining ichki tartib qoidalaridan biri: kiyinish madaniyatiga qizlarning soch turmaklari, kiyimlarining o’quv uslibiga mos bo’lishi, oyoq kiyim poshnalarining past balandlik o’lchamlari. Gaplashish madaniyatiga: talabalarning o’qituvchi bilan, talaba qizlarning talaba yigitlar bilan gaplashish odobi haqida aytildi, Internet saydlardagi aldamchi gruxlarga aralashib qolmaslik, darsdan bo’sh vaqtlarini foydali ilm-hunar o’rganish bilan o’tkazishlarini maslahat berishdi.

 

 Mavzu bo’yicha talabalarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

 

 

D.Kamolova xotin-qizlar masalalari

bo’yicha yetakchisi

 

 

 

 

Foydali havolalar