#SIMPOZIUM: YANGI O’ZBEKISTON – YANGI YOSHLAR

 Shu yilning 5-6-noyabr kunlari oralig‘ida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminstr Universitetida «Yangi O’zbekiston – Yangi Yoshlar » nomli Simpozium o’tkazilmoqda. Bu Simpoziumga asosan, barcha Oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchilari va Toshkent shahridagi OTM muassasalarining yoshlar masalalari bo’yicha prorektorlari ishtirok etmoqda. Ular orasida Berdaq nomidagi Qoraqolpoq Davlat Universiteti rektorining xotin – qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi I. Seytnazarova ham ishtirok etmoqda.


Simpoziumda xotin-qizlar masalalari, ularga yurtimiz tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, talaba qizlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar va gender tengligi , ayniqsa, talaba-qizlarning ta’lim-tarbiyasi masalalari so’z etildi va ko’rib chiqilmoqda.


Simpoziumning kirish va qutlov so’zlari Toshkent Xalqaro Vestminstr Universiteti rektori -Mirqosimov Baxrom Ravshanovich, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o’rinbosari – Karimov Komiljon Xamidovich va Oliy majlis senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi – Muhammadyunusova Mohistora Muhammadilhomovnalarga berildi. Simpoziumning keyingi jarayonlari ertaga 6-noyabr kuni davom etadi.

BERDAQ NOMIDAGI QQDU XOTIN-QIZLAR MASLAHAT KENGASHI

 

Foydali havolalar