⚡️Xush xabar! Qoraqalpoq davlat universiteti matematika fakulteti talabasi Fayzullaev Otabek akademik T.А. Sarimsoqov nomidagi stipendiyaga munosib deb topildi

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi matematika fani va taʼlimni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamgʼarmasi ko’zatuv kengashining 2021-yil 26-oktyabr kungi majlisi qarori bilan Qoraqalpoq davlat universiteti matematika fakulteti 3-bosqich talabasi Fayzullaev Otabek Baxtiyar oʼgʼli akademik T.А. Sarimsoqov nomidagi stipendiyaga munosib deb topildi.

Otabek Fayzullaev fan olimpiadalarida qatnashib kelmoqda. Shu jumladan 2019 yil noyabr oyida Novosibirskda bo’lib o’tgan «Siberian Mathematical Competition» Sibir matematika olimpiadasida kumush medal sohibi bo’ldi.

2021-yil may oyida Аshxabadda bo’lib o’tgan «3rd Open Mathematical Olympiad For University Students» matematika bo’yicha 3-ochiq olimpiadasida bronza medalini qo’lgʼa kiritdi.

Qoraqalpoq davlat universiteti va Matematika fakulteti jamoati Fayzullaev Otabek Baxtiyar oʼgʼlini muvaffaqiyati bilan tabriklaydi.

 

Foydali havolalar