Joriy yilning 22-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi «Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi «Orolbo’yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to’g’risida»gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari to’g’risida»gi PQ-5202 sonli qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida o’tkazilgan Orolbo’yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish masalalariga bag’ishlangan xalqaro konferentsiyada Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti vakillari ham faol ishtirok etdi.
Shuningdek, ushbu munosabat bilan joriy yilning 23-27-noyabr kunlarida “INNOWEEK-2021” innovatsion haftaligi ham o’tkazilmoqda. Haftalik davomida ilmiy-amaliy ishlanmalar, bajarilgan amaliy va innovatsion loyihalar asosida birnechta nominatsiyalar bo’yicha eng yaxshilar aniqlanmoqda. Quvonarlisi, shundaki, “Orolbo’yini rivojlantirish bo’yicha eng ilg’or innovaciya va texnologiyani joriy etgani uchun” maxsus nominatsiyasining “Eng yaxshi ilmiy loyiha ijrochisiga” yo’nalishi bo’yicha Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Turdimambetov Izimbet Raxmetovich O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining maxsus sertifikati bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, Arxitektura fakulteti assistenti Kaliev Nadjibulla Muratovichning yillar amalga oshirgan ilmiy va innovatsion izlanishlari hamda erishgan yutuqlari inobatga olinib O’zbekiston Respublikasining “Innovatsion g’oyalar yetakchisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.


Shuningdek, tadbirlarda universitet talabasi Xojanova Gulbanu ham faol ishtirok etmoqda. “INNOWEEK-2021” – innovatsion haftaligi 27-noyabrgacha davom etadi.
QQDU Matbuot xizmati