Bugun, 30-noyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining fan va innovatsiyalar boʼyicha oʼrinbosari Rahimjon Rasuljonovich Hakimov rahbarligida Qoraqalpogʼistondagi oliy oʼquv yurtlari rektorlari, prorektorlari, filial direktorlari ishtirokida uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda bugungi kunda talaba yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning yashash sharoitlari va muammolarini hal qilish masalalarida Qoraqalpogʼistondagi oliy oʼquv yurtlarida olib borilayotgan ishlar har bir oʼquv dargohi misolida tahlil qilinib, oʼrganildi.
Besh tashabbus doirasida qilinayotgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar tinglandi.
Talaba yoshlar uchun tashkillashtirilgan toʼgaraklar bilan klublarga qamrab olish darajasi oʼrganilib, ularning hajmini yanada orttirish va qamrab olish koʼrsatkichini koʼtarish, talabaning vaqtini bekor oʼtkazmasligi uchun sharoitlar yaratib berish, shuningdek, talabalarning ichki tartib-qoidalarga boʼysinishi va kiyinish madaniyati masalalari boʼyicha fikr almashdi.

Komplayens nazorat tizimini boshqarish boʼlimlarida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, korruptsiyaning oldini olish boʼyicha topshiriqlar berildi.
Xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida korruptsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʼyicha majburiyatlar belgilanib qoʼyilganligi tushuntirildi.
Oliy oʼquv yurtlarining rahbarlari talaba-yoshlar bilan ochiq muloqat olib borib, ularni qiynayotgan muammo va fikrlarini tinglashi maqsadga muvofiq deb topildi.

Vazir oʼrinbosari R.R.Hakimov QQDU talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Qoraqalpoq davlat universiteti Matbuot xizmati