9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”.”Korrupsiya” so’zi “yemirilish” ma’nosini bildiradi.Korrupsiya davlat va jamiyat rivojiga salbiy tasir ko’rsatuvchi, xalqning adolatga bo’lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavf, eng yomon illatlardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo’lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o’rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz”-degan edilar o’z nutqlarida.
Bugungi kunda eng ko’p ishlatiladigan so’zlarimizdan biri –“Korrupsiya”. Ijtimoiy hayotda uning domiga tushib qoqilayotganlar oz emas. Qadimgi dunyoda ba’zi qabilalarda muayyan mavqega ega bo’lish uchun uning sardoriga turli sovg’a-salom berish odatidan korrupsiyaning ildizlari boshlangan ekan. U vaqtlarda bu amal odatiy hol deb qabul qilingani tabiiy.Biroq jamiyat hayotining murakkablashuvi va markazlashuvi korrupsiyaning mamlakat rivojiga katta to’siq ekanini ko’rsatdi. Korrupsiya haqida XVII asrda yashagan Tomas Gobbsning “Korrupsiya-davrlar osha o’sib kelayotgan ildiz bo’lib, u har xil orzu-havaslar ortidan birorta ham qonunni mensimaslikdir”, degan fikrni bildirgan.
Korrupsiyaga qarshi kurash borasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, poraxo’rlik, tamagirlik habi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga chek qo’yish, bunday jinoyatlarga jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarur. Korrupsiya balosining yomon illat ekanligini tushungan, uni ongli ravishda idrok etgan odam bu jinoyatga qo’l urmaydi. BMT tahlillariga ko’ra, korrupsiya tufayli dunyo iqtisodiyoti har yili 2,6 trillion dollar zarar ko’rmoqda. Bu jahon yalpi mahsulotining taxminan 5%ini tashkil qiladi. Shuningdek jahon bo’yicha pora sifatida taqdim qilinayotgan mablag’ 1 trillion dollar miqdorida bo’lib, bu gumanitar yordamlardan qariyb o’n barobar ortiq.
Inson erki, haq huquqi, manfaati, jamiyat ravnaqiga jiddiy rahna soladigan ushbu global muammoga qarshi kurash jahon hamjamiyatining doimiy e’tiborida.
9-dekabr sanasining Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanishidan ko’zlangan maqsad taraqqiyot kushandasi bo’lgan bu illat chuqur ildiz otishining oldini olishda o’zaro hamkorlikni mustahkamlashdir.
Biz birlashib katta kuchmiz!Adolat qaror topgan jamiyatda Korrupsiyaga o’rin yo’q!
Madenova Leyla,
Kimyo texnologiya fakulteti 2-A Oziq ovqat texnologiyalari guruhi talabasi.