KORRUPSIYA-TARAQQIYOT KUSHANDASI

“Korrupsiya savodsizlikdan ham yomonroq, ikkinchisi

Shaxsning ma’naviy ahvoliga tahdid solishi mumkin,

  birinchisi butun mamlakat ruhiyatiga doimo xavf soladi”.

(Karl Kraus)

 Korrupsiya – nihoyatda ijtimoiy-siyosiy vayronkor kuch, uning oqibatida milliy iqtisodiyotga putur yetadi, ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, xalqning davlat boshqaruvi hokimiyati organlariga ishonchi yo‘qoladi, uyushgan jinoyatchilik kuchayadi, jamiyatda ma’naviyat izdan chiqa boshlaydi. Korrupsiya oqibatida kelib chiqadigan noxush hodisalar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Korrupsiya buzg‘unchilik tabiatiga ega ekani uchun ham insoniy jamiyat qadim zamonlardan boshlab unga qarshi kurashib keldi.

      Korrupsiyaga qarshi kurash borasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, poraxoʻrlik, tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga minbʼad chek qoʻyish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarur. Korrupsiya balosining naqadar mudhish illat ekanini tushungan, uni ongli ravishda idrok etgan odam bu jinoyatga qoʻl urmaydi. Har bir davlat va jamiyat korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻlini oʻzi tanlaydi, aniqrogʻi, qanday yoʻl toʻgʻri ekanini hayot koʻrsatadi. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashni keng qamrovda olib borish choralari koʻzda tutilgani, bu borada har bir masalaga alohida eʼtibor qaratilgani bejiz emas. Korrupsiya soʻzining ma’nosi “sotish” va “sotilish” degan maʼnolarini anglatadi. Korrupsiyaga aloqador odam qonunni buzishdan tashqari, oʻzining kimligini, eʼtiqodi, maʼnaviyati qay darajada ekanini ko’rsatib qo’yadi. Bunday odam nafaqat moliyaviy ziyon yetkazadi, balki davlatni, demokratiyani behurmat qilib, obroʻsini toʻkadi, unga non-tuz berib katta qilgan, ilmu hunar, obroʻ va mansab bergan el-yurtning yuziga oyoq qoʻyadi. Oliy oʻquv yurtida talabadan yo uning ota-onasidan pora olgan, tamagirlik qilgan dekan yo boshqa mansabdor shaxs uchun iymon, vijdon, insoniylik degan tuygʻular boʻlmaydi. Ular xarom-xarish yoʻl bilan topganlarini oilasida oʻz farzandlariga harom luqma yegizayotganini tushunmaydi. Korrupsiya balosidan qutulish, islohotlarni uning changalidan qutqarish sharafli burchimiz ekanligini hamma birdek tushunishi shart. Aks holda, oʻziga tegishli xulosa chiqarmay, poraxoʻrlik va tamagirlikdan tiyila olmayotgan shaxslar jazoga tortilishi muqarrar!

Korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi huquqiy taʼlim va ongni, huquqiy madaniyatni kuchaytirish masalasi jiddiy masala bolib qolmoqda. Toʻgʻri ishlab, halol yashashni yoshlikdan oʻrgangan odamning umri halovatda boʻladi. Adolatsizlik, qonunga hurmatsizlik, kasbu amalga, ishonchga xiyonat qilib boʻlmasligini oʻqib-uqqan, poraxoʻrlik va korrupsiyaga, suiisteʼmolchilikka qarshi oʻzida immunitet hosil qilgan yoshlar kelajakda jurʼatli, vijdonli inson boʻlib yetishadi. Halol mehnat bilan topilmagan boylik totli boʻlmasligini, hech kimga buyurmasligini, yaxshilik emas, yomonlik va kulfat keltirishini tushunadi. Tanish-bilishchilikdan davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon yetmasligi, qonunlarga, insonning qadr-qimmatiga raxna solinmasligi kerak. Oʻzining gʻarazli maqsadi uchun har qanday tubanlikdan tap tortmaydigan masʼul shaxs nafaqat tizimga, shu bilan bir qatorda butun jamiyatga ziyon yetkazadi. Rahbar hammaga oʻrnak boʻlib, halol ishlab, fidoyilik koʻrsatish oʻrniga, poraxoʻrlik qilsa, yosh kadrlar undan nimani oʻrganadi. !?

 Bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyotida korrupsiya asosiy g‘ov bo‘lmoqda. Davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlarda unga qarshi kurash to‘xtamayapti. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tuzilib, joylarda ushbu illatni yo‘qotish bo‘yicha ildam ishlar olib borilayotgan bo‘lsada, biroq uning chuqur va mustahkam ildiziga taʼsir qilmayapti. Sabab nima? Albatta, muammo yana jamiyat odamlariga kelib taqaladi. Insonlarning o‘zlari tartib-qoidalarga amal qilmas ekanlar Korrupsiyalashgan tizim chuqurlashsa chuqurlashadiki, aslo kamaymaydi. Korrupsiya illati vujudga keltiradigan bir-biridan yomon oqibatlar bir-ikki fuqaroning emas, butun xalqning, millatning buguni va kelajagiga jiddiy putur yetkazishi bilan ham o’ta xavflidir.

Agar korrupsiya kasallik bo’lsa, shaffoflik uni davolashning asosiy qismidir. Biz har doimgidek bir xil buzuq siyotchilarni tanlayversak, bu biz o’zgarishni xohlamaganimiz haqida aniq xabar kabidir. Sababi hokimyatdagi korrupsiyaning asl qiymati, xoh mahalliy, xoh tuman bo’lsin, xoh viloyat bo’lsin, bu jamoatchilik ishonchini yo’qotishdir. Korrupsiyaning eng keng tarqalgan turlariga poraxo‘rlik, firibgarlik, tovlamachilik va nepotizm kiradi. Bunday jinoyatlarning ko‘plab sodir etilishi iqtisodiyotni zaiflashtirib, siyosiy boshqaruvni izdan chiqarishi va fuqarolarni davlat tizimi hamda siyosiy tizimlarga nisbatan ishonchsizligini keltirib chiqarishi mumkin.

 BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda har yili 1 trillion AQSh dollari hajmida pora beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar mablag‘dan ayriladi, bu jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizidir. BMT Bosh kotibining bildirishicha, “Korrupsiya odamlarni maktab, kasalxonalardan mahrum qiladi, investorlarni vahimaga soladi, tabiiy resurslar talon-taroj bo‘lishiga sabab bo‘ladi, boshqa turli jinoyatlar paydo bo‘lishiga shart-sharoit yaratadi. Jahon mamlakatlari orasida korrupsiyaning yoyilishi indeksi har yili xalqaro Transparency International tashkiloti tomonidan aniqlab chiqiladi. Transparency Internationalning 2018 yil uchun indeksi 180 mamlakatni qamrab olgan va 0 dan (korrupsiyaning eng yuqori darajasidan) 100 gacha (korrupsiyaning eng past darajasigacha) bo‘lgan ko‘rsatkich asosida korrupsiyaning qanchalik yoyilganini ko‘rsatadi. Ushbu indeks bo‘yicha eng kam korrupsiyalashgan mamlakatlar sirasiga Daniya, Yangi Zelandiya kiradi. Eng ko‘p korrupsiyalashgan mamlakatlar esa Somali, Suriya, Janubiy Sudan bo‘lib, Transparency International tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, korrupsiyalashish ko‘rsatkichi bu davlatlarda 10 dan 13 gacha. Rivojlangan mamlakatlar qonunchiligiga korrupsiyaning oldini olish maqsadida davlat mansabdorlarining korrupsiyaviy faoliyatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qator taqiqlar, cheklov va yo‘l-yo‘riqlar standartlari kiritilishidan tashqari yana maxsus “korrupsiyaviy bardoshlilikni tekshirish” usuli ham joriy etilgan.

Mustaqillik yillarida ba’zi mansabdorlarning tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklari mulklariga ta’magirlik ko‘zi bilan qarashi, bankdan kredit olishi yo‘liga sun’iy to‘siqlar qo‘yishi zamirida korrupsiyaviy manfaatlar yotgan edi. Yoshlarning oliy ta’lim muassasasi, tanlov yuqori bo‘lgan kollej va litseyga o‘qishga kirishida, talaba bo‘lgandan so‘ng esa joriy, oraliq va yakuniy nazorat bo‘yicha zarur ballarni to‘plashida ayrim “ustoz”larning ta’magirligi negizida ham shu illat yashab keldi. Shuningdek, nufuzi va maoshi yuqori bo‘lgan korxona-idoralarga ishga kirishda, yuqori mansab darajasiga ko‘tarilishda, turli tenderlarni yutishda, xomashyo va boshqa resurslarni taqsimlashda korrupsiyaning xalq tilida “shapka” deb ataluvchi ko‘rinishi urchiy boshladi. Ba’zan aholiga uy solish yoki foydalanish uchun yer maydoni ajratish, davlat mulkini xususiylashtirish, faoliyat yuritish bo‘yicha litsenziya olish kabi talab-ehtiyoji yuqori bo‘lgan sohalar ham o‘zini korrupsiya manbai o‘laroq namoyon etgani hech kimga sir emas. Bir yosh kadr mas’uliyatli vazifaga kelsa, amalga ega bo‘lsa, bundan ota-ona, qarindosh-urug‘ qanchalik quvonadi. Bu tabiiy va ezgu tuyg‘u, albatta. Lekin ba’zi noto‘g‘ri, zararli illatlar ham borki, ularni aslo yoddan chiqarmasligimiz kerak. Gohida shunday bo‘ladiki, yaqinlar, og‘a-inilarning o‘g‘lim yoki og‘ayni, mana ishlayapsanku, opangning to‘yida qudalarga durustroq sovg‘a bergin, amakingning yetmay turgan mashina puliga yordam qilib yuborgin, qiynalib yuribdi qabilidagi istak va xohishlar yosh kadrlarni buzadi, boshini aylantirib qo‘yadi. Yaqinlariga hurmat yuzasidan bechora o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urishga, noqonuniy ish qilishga, oson pul topishga harakat qiladi. Boshi berk ko‘chaga kirib, korrupsiya tuzog‘iga ilinishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, odamlarning tabiatiga o‘xshab rahbar-u mas’ullar ham har xil bo‘ladi. “Tashkilotning barcha vakolati” o‘zim uchun, bu tashkilot menga bir paytlardagi xizmatlarim, farog‘atda yashamog‘im uchun berilgan, marhamat, qolganlar “o’z aravasini o’zi tortsin” qabilida tor va eskicha o‘ylaydigan, oldi-berdini faoliyatining bir qismi deb tushunadigan, demokratik qonun-qoidalarni yetarlicha idrok eta olmaydigan rahbarlar ham yo‘q emas. Shuning uchun, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xususan, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish choralarini ko‘rish darkor. “Korrupsiyaga kurashish o’z uyingdan boshlanadi”, oilada berilayotgan tarbiya, odob-axloq, insonning jamiyatdagi o’rniga ham ta’sir etadi.

Korrupsiya illati vujudga keltiradigan bir-biridan yomon oqibatlar bir-ikki fuqaroning emas, butun xalqning, millatning buguni va kelajagiga jiddiy putur yetkazishi bilan ham oʻta xavflidir. Bu illat fuqarolarning davlat hokimiyatiga, mamlakatda oʻtkazilayotgan siyosatga, ertangi kunga boʻlgan ishonchiga soya solishi barobarida, odamlarning oʻzi mansub xalq, millat va mamlakat xususidagi ideallariga rahna soladi, adolat va haqiqatga intilishini shubha ostida qoldiradi. Muayyan ideallarsiz, ezgu orzu-niyatlarsiz, yorugʻ gʻoyalarsiz esa birorta millat va mamlakat rivojlanmagan, roʻshnolik koʻrmagan. Bunday mamlakatning xalqaro obroʻsi, xorij afkor ommasining unga boʻlgan ishonchi xususida esa gapirmasa ham boʻladi. Korrupsiya davlat va jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazuvchi xavflardan biri hisoblanadi. Odatda, ommaviy axborot vositalari orqali korrupsiya bilan bog‘liq juda ko‘plab jinoyatlarning guvohi bo‘lamiz. Ma’lumot o‘rnida, korrupsiya so‘zi lotincha “buzish”, “aynish” degan ma’nolarni anglatadi. Korrupsiya deganda biror mansabdor shaxsning qonunchilikka va axloqqa zid ravishda o‘zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishi deb tushunishimiz mumkin. Korrupsiyaning eng keng tarqalgan turlariga poraxo‘rlik, firibgarlik, tovlamachilik va nepotizm kiradi. Bunday jinoyatlarning ko‘plab sodir etilishi iqtisodiyotni zaiflashtirib, siyosiy boshqaruvni izdan chiqarishi va fuqarolarni davlat tizimi hamda siyosiy tizimlarga nisbatan ishonchsizligini keltirib chiqarishi mumkin.

Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, Korrupsiya jamiyatimiz rivojlanishiga, xususan, demokratik yangilanish hamda modernizatsiyalash jarayoniga har jihatdan xalaqit bermoqda. Fuqarolarimizning huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatning yetarli darajada emasligi, o’z haq-huqiqini himoya qila olmasligi jamiyatda adolat mezonining buzilishini ko’paytiradi. Korrupsiya murakkab ijtimoiy hodisa bo’lib, unga qarshi kurashish uchun alohida choralarni qo’llash samarali hisoblanmaydi. Sababi korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy maqsadi va obyekti korrupsioner emas, balki ushbu xatti-harakatlarni amalga oshirishga sharoit yaratib beruvchi holatlar hamdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shunday degan edilar: “Korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat bilan nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. Shuning uchun har bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z ichki dasturlari bo‘lishi shart”.

Yuridika fakulteti

308-guruh talabasi Baratov Asadbek

Foydali havolalar