O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ijtimoiy-ma’naviy muhit holatini yanada barqarorlashtirish to’g’risida»gi 506 sonli buyrug’i asosida joriy yilning 10 dekabr kuni Qoraqalpoq davlat universitetiga ishchi guruh tashrif buyurdi.
Ishchi guruh a’zolari universitetning fakultet va kafedralarning tuzilmasi bilan tanishib chiqib, professor-o’qituvchilarning darslariga kirib o’z tavsiyalarini berdi hamda talabalar bilan suhbat o’tkazdi.
Ishchi guruh a’zolari bugungi kunda Qoraqalpoq davlat universitetida talabalarni turar joy bilan ta’minlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar, shuningdek ijarada yashayotgan talabalar hayoti bilan tanishdi. Talabalar turar joyidagi talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish bo’yica yaratilgan sharoitlarni urgandi.








