RESPUBLIKAMIZ ILM YULDUZI

 O’zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi tomonidan   yurtimizda faoliyat olib boruvchi iqtidorli, ilmga chanqoq, fidoyi xotin-qizlarning ilmiy izlanishlarini qo’llab-quvvatlash va rag`batlantirish va ularni ilmiy salohiyati va yutuqlarini dunyo ilmiy jamoatchiligiga tanishtirish maqsadida,  ilmiy-izlanish olib borayotgan xotin-qizlar o’rtasida  har ikki  yilda o’tkazilayotgan “Ilm yulduzlari” intellektual ko’rik-tanlovi ko’plab iqtidorli yosh olimalarni  kashf etadi. 

            2021 yil 2 dekabrda o’tkazilgan “Ilm yulduzlari” intellektual ko’rik-tanlovi o’zgacha yuqori ruhda bo’lib o’tdi.

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning 2021 yil  ustuvor yo’nalishlari “Davlat dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida “Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g`risida” qabul qilingan Prezident qarori (PQ–5020-son, 05.03.2021 y.) asosida ko’rik-tanlovi o’tkazildi.

Joriy yilning 2 dekabrda bo’lib o’tgan VI  “Ilm yulduzlari” intellektual ko’rik-tanlovining Respublika bosqichiga barcha Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi «Yosh olimalar» o’rtasida bo’lib o’tgan tanlovlarda 1 o’rinni egallagan yosh olimalar tavsiya etilgan. Tanlov shartini bajarish davomida yosh olimalar o’z iqtidorini, ilmiy salohiyatni, ilmiy tadqiqotlarini dolzarbligi, ilmiy yangiliklari va respublikaga investitsiyalar olib kirishiga xizmat qiladigan o’z innovatsiyalarini namoyish etdilar va nufuzli olimlardan iborat bo’lgan ekspert guruhi tomonidan munosib baholandi. 

 Qizg`in bellashuv natijasiga ko’ra,

 1-o’rinni Maxmudova Shaxnoza Abduvalievna (I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali tayanch doktoranti),

2 – o’rinni Sagindikova Nargiza Jubatkanovna (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, dotsenti PhD),

3 – o’rinni Akbarova Saida Baxtiyorovna (Andijon davlat tibbiyot instituti tayanch doktoranti) egallab, g`oliblikni qo’lga kiritdilar.

 

Tashkilotchilar –  O’zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi raisi t.f.d.,  professor R.H.Murtazaeva va rais o’rinbosari t. F. D., professor Z.R. Ishanxodjaevalar tomonidan sertifikat va diplomlar hamda qimmatbaho sovg`alar topshirishdi.

 

Universitetimiz iftixori bo’lgan Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti Nargiza Jubatkanovnaga kelajakdagi ilmiy, pedagogik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab oilaviy baxt tilab qolamiz.       

 

Qoraqalpoq davlat universitet Xotin –qizlar maslahat Kengashi

 

 

Foydali havolalar