“Ikki emas to’rt til lozim”

“Ikki emas to’rt til lozim”

                                          Mahmudxo’ja Behbudiy

            XX asrning birinchi yarmida faoliyat yuritgan Abdurauf Fitrat, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy kabi ziyolilarimiz ona tilimiz taraqqiyotiga hissalarini qo’shgan. Xususan, Mahmudxo’ja Behbudiyning o’zbek milliy madaniyati, urf-odati va tilining tengsizligini hamda ularning jamiyatdagi nufuzini oshirishdagi xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim.

          Behbudiy o’zining bir maqolasini “Ikki ems to’rt til lozim” deya nomlaydi. Ushbu maqolada muallif dunyodagi ilm-u fandan xabardor bo’lish uchun xalqaro tillarni ham bilish talab qilinishini tushuntiradi: “Biz turkistoniylarg’a turkiy, forsiy, arabiy va rusiy bilmoq lozimdur. Turkiy, ya’ni o’zbekini sababi shulki, Turkiston xalqining aksari o’zbakiy so’ylashur. Forsiy bo’lsa, madrasa tilidur. Bukung’acha Turkistonni har tarafindagi eski va yangi maktablarinda forsiy nasr va nazm kitoblari ta’lim ta’lim berilib kelgandur. Arabiy til din uchun lozim. Rusiy ham tiriklik, ham dunyo uchun lozimdur”.

          Xulosa qilib aytganda, buyuk ziyoli Behbudiyning o’zbek tili, umuman mintaqadagi til siyosati haqidagi fikrlari hozirgi kungacha eskirmagan. Uning rus ma’muriyati hukmronligi ostida bo’lgan Turkistonda o’zbek tilining nufuzini oshirishdagi xizmatlari beqiyosdir.

O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi

To’liyeva Shoira

 

Foydali havolalar