Onlayn seminar treningda qaralgan ahamiyatli masalalar

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida qishki ta’til kunlarida o‘quv kurslari va seminar trenglarini tashkil etish belgilandi.

Joriy yilning 11 yanvar kuni Oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlari, fakultetler dekanlari hamda moliya masalalariga ma’sullar uchun onlayn seminar treng o’tkazildi.

Seminar treningda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori A.Reymov va barcha prorektorlar, fakultetler dekanlari  ishtirok etdi.                                                                                                                                                

Mazkur seminar treningda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 dekabrdagi PQ-60-son va PQ 61-son Qarorlari mazmun-mohiyati hamda undan kelib chiqadigan vazifalar, kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish, ularning oʻziga xosligi, asosiy jihatlariga toʻxtalib oʻtildi hamda talabalarning qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va maslahatlar berildi.

Foydali havolalar