Onlayn o‘quv jarayonlari sifatli tashkil etilmoqda

Joriy yilning 24 yanvaridan boshlab, bir oy muddat davomida ta’lim olish tizimi masofaviy (onlayn) shaklda olib boriladi.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti talabalari onlayn dars mashg‘ulotlariga faol qatnashmoqda.
Fan o‘qituvchilari belgilangan dars mashg‘ulotlarini Zoom platformasi orqali o‘tyabdilar. Shuningdek, o‘tilgan mavzular yuzasidan qo‘shimcha mashg‘ulotlarni talabalarga kengroq tushunturish maqsadida telegram tarmog‘ida ovozli chat tashkil qilinmoqda.
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, guruh tyutorlari Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan «Besh tashabbus» ning yo‘nalishlari bo‘yicha, «Zakovat» intellektual o‘yinini, «Shaxmat» onlayn musobaqasi va psixologlar bilan onlayn uchrashuvlar tashkil qilmoqda.

Auezov Anvar,
Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Foydali havolalar