Biz talabalar onlayn ta’lim jarayonida ekanmiz, ustozlarimiz, butun Universitetimiz jamoasi vaqtimizning mazmunli va maroqli bo’lishiga, turli bilimlar majmui bilan tanishishishimiz uchun harakat qilmoqdalar. Buning uchun ustozlarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi turli tanlovlarda ham faol ishtirok etayabmiz. Mana shunday mazmunli kunlarimizning birida, ustozlarimiz taklifi bilan dunyodagi eng mashhur va eng go’zal binolari va muzeylariga virtual sayohat uyushtirdik.
Har bir talaba o’ziga yoqqan muzeylar haqida ma’lumotlar oldi.

Masalan, menda Ispaniyadagi Madrid shahrida joylashgan «Prado » muzeyi katta taassurotlar uyg’otdi. U yerda judayam chiroyli va uyg’onish davri va yangi davrlarga oid, turli xil rasm va eksponatlar bor. Men kirish va uyg’onish davrigacha tomosha qila oldim. Ammo u yerdagi iso haykallari, filing xartum suyagi, turli rasmlar huddi real hayottagidek taassurotlar uyg’otadi.

Fakultetimiz talabasi Rajaboeva Dilfuza ham o’zining virtual sayohati taassurotlari bilan o’rtoqlashdi, u o’z so’zida shunday deydi.
Inson yashar ekan unda doimo orzu va istaklari ham yashaydi. Men NASA ga borishni u haqida kòproq ma’lumotlarga ega bólishni xohlardim. Online qilgan sayohatim bunday orzuyimni amalga oshirdi. Koinot bizga nomalum bólgan jismlardan tashkil topgan. Ularni aniqlash bu NASA ni vazifasidir. Eng yoqqani menga quyoshni kuzatish bóldi. Bizga ya’ni yerga hayot baģishlab turgan quyosh bu mójizani ózi. Quyosh sistemasidagi sayyoralar metioridlar va yulduzlar bu kosmanavtlarning yaxshi ma’nodagi óljasidir. NASA tashkilotiga bólgan sayohatim menda juda yaxshi xotiralarni qoldirdi. Unga yana bir marta dóstlarim bilan sayohatga chiqishni niyat qildim.
Yaхshisi, siz ham tomosha qilishingiz mumkin.
Chunki onlayn sayohat davom etmoqda!


Ǵayipbaeva Dinara Sanoat texnologiyasi fakulteti talabasi.