MDH davlatlari o’rtasida o’tkazilgan “Yilning eng yaxshi yosh olimi” Xalqaro tanlovi g’olibi taqdirlandi

 Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi Dadaxon Raimboyev Qozog’iston Respublikasining Nur-Sulton shahrida MDH davlatlari o’rtasida o’tkazilgan “Yilning eng yaxshi yosh olimi”  Xalqaro tanlovida 15 ta mamlakat ichidan Xavfsizlik yo’nalishida faxrli 1-o’ringa sazovor bo’ldi va medal bilan taqdirlandi.

Tanlovga 2000 nan ziyod ishtirokshilar qatnashgan bulsa talabamiz Dadaxon Raimboyev uzining yunalishida g`oliblikni qo`lga kiritdi.

Talabalarni qo`llab- quvvatlayotgan,  ma`naviyat va marifat ulashayotgan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq filologiya va jurnalistika fakulteti professor o`qituvchilariga, ilmiy rahbarim Yaqipbek Genjemuratovga rahmat aytib o`z minnaddorchiligimni bildiraman. Shunday o`qituvchilar bor ekan  biz  faollikdan also to`xtamaymiz”, deydi yosh olim.

Uning birqator ilmiy-publitsistik maqolalari, tezislari, adabiy-badiiy ijod namunalari nafaqat O’zbekiston balki, turli xorijiy,  xususan, Rossiya, Angliya Hindiston, Italiya, Misr kabi o’ngga yaqin davlatlarning ommaviy nashrlaridan o’rin olib kelmoqda. Yosh olimni ushbu mukofot bilan tabriklaymiz va kelgusi ilmiy-ijodiy izlanishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz.

 

Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti

Yoshlar bilan ishlashish buyisha dekan urinbosari Z.Jumanov

 

Foydali havolalar