Biologiya fakultetida Tuproqshunoslik faniga asos solgan olim V.V.Dokuchaevning tug’ilgan kuniga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tti

Qoraqalpoq davlat universitetining Biologiya fakulteti Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi professor-o’qituvchilari, doktorantlari va magistrantlari  tomonidan 2022-yil 1-mart sanasida  Tuproqshunoslik faniga asos solgan olim V.V.Dokuchaevning tug’ilgan kuniga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tti. Bu tádbirda magistrantlardan  G.Mambetova buyuk rus olimi V.V.Dokuchaevning hayoti va ilimiy mehnatlari, K.Allambergenova  V.V.Dokuchaevning  shogirtlari va ularning ilimiy mehnatlari, N.Biysenbaeva “Orol dengizi haqida asosiy faktlar va takliflar”, R.Isaev “Aqbetkey arxipelagi landshaftlari tuprog’i va  hashoratlar faunasi” va 1-kurs tayanch doktoranti G.Ilyasova “Orol dengizning qurigan yerlarining fizikaviy, agrokimyoviy va biologik xossalarini órganish” mavzusidagi ilimiy faoliyati haqida qisqacha malumotlar berdi. Tadbir juda qiziqarli va mazmunli o’tkazildi.

Foydali havolalar