Shu yilning 3-mart kuni Universitetning madaniyat saroyida «mGovAward» tanlovi haqida seminar bo‘lib o‘tdi. O‘quv seminarda yoshlar, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari, Matematika fakulteti talabalari va maktab o‘quvchilar qatnashishdi va o‘zlarining tanlov bo‘yicha qiziqtirgan savollariga tanlov tashkilotchilaridan javob olishdi. Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi, IT Park va Raqamli texnologiyalar markazi vakillari ishtirok etdilar.

Davlat uchun eng yaxshi va samarali mobil ilovasini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan «mGovAward» respublika ko‘rik-tanlovi IT Park, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklari Davlat ishlari vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlari talabalari, shuningdek, umumta’lim va o‘rta maxsus maktab o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Ushbu maʼlumotni tasdiqlash uchun ishtirokchilardan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida o‘qishini tasdiqlaydigan hujjat talab qilinadi.

Tanvlovning asosiy maqsadi, dolzarb va amaliy jihatdan samarali mobil ilovalarni ishlab chiqish, shu bilan birga yoshlarni davlat qurilish jarayonlariga va ijtimoiy hayotga keng jalb qilishdir. Tanlovda ishtirokchilar jamoaviy tartibda ishtirok etishlari mumkun. Jamoa kamida 3 kishidan iborat boʻlishi kerak. Talabnomani toʻldirishda Guruh rahbari https://awards.tdra.gov.ae/#/page/register bo‘limiga o‘tib Team membres boʻlimiga barcha ishtirokchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritishi kerak. Barcha ishtirokchilar roʻyxatdan oʻtishlari kerak, lekin faqat Jamoa rahbari talabnomani topshiradi. Bundan tashqari, ishtirokchilar O‘zbekiston ta’lim muassasalarida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat, ilovani tavsiflovchi ingliz tilidagi 3 daqiqagacha boʻlgan video va Google Play yoki App Store ilovasiga havola ham ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi. Tanlov qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yichi o’tkaziladi:
-
- ta‘lim;
- sog‘liqni saqlash;
- turizm;
- transport va logistika;
- tadbirkorlik;
- ekologiya va toza energiya;
- moliya va soliqlar;
- qonunchilik;
Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil qiladi:
1-o‘rin – 50 000 AQSh dollari;
2-o‘rin – 30 000 AQSh dollari;
3-o‘rin – 20 000 dollar.
Loyihalar quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:
Natija va samaradorlik – 35%;
-
- Ushbu mezon ilovaning foydalanuvchilar uchun qiymatini, vaqtni tejashni, auditoriya hajmini va taklif qilinadigan xizmatlar sonini baholaydi.
Innovatsiyalar – 25%;
-
- Mezon davlat xizmatlari va xizmatlarini joriy etishning o‘ziga xosligi va imkoniyatlarini baholaydi.
Qulaylik – 30%;
-
- Mezon ilovaning qulayligi, foydalanuvchi interfeysi va foydalanuvchi tajribasini baholaydi.
Amalga oshirish – 10%;
-
- Mezon jamiyat ehtiyojlari uchun arizani amalga oshirish va tahrirlash imkoniyatlarini baholaydi.


Matematika fakulteti
Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi
Stajyot-o‘qituvchisi Ollamberganov Fayzulla