⚡️ Berdaq nomidagi Qoraqalpoq  davlat universiteti va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik

 

Joriy yilning 15-mart kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Axmed Reymov va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inomjon Madjidovlar ishtirokida o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.

 Uchrashuvda Oliy o‘quv yurtlarida yuqori malakali kadrlami tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda ilmiy – tadqiqot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish maqsadida hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolashdi.

 Ushbu Memorandumning maqsadi 2021-2026 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik asosida yuqori malakali kadrlami tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda ilmiy – tadqiqot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish.

Shuningdek uchrashuv davomida ikki oliygoh o’rtasida Memorandumni amalga oshirish uchun zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

QQDU Matbuot xizmati

 

 

Foydali havolalar