Qoraqalpoq davlat universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti talabalari o‘qishi bilan birgalikda, jamoat ishlarida, universitetimizda qolaversa, respublikamizda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Xususan, fakultetimizning Geografiya yo‘nalishi 3-bosqich talabalari Islam To‘rejanov, Salamat Bayjanov, Neft va gaz ishi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Danebay Jalmenovlar Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qoshida tuzilgan «Karyera – yosh kadrlarni tayyorlash klubi» da Bosh trener va bosh koordinator bo‘lib faoliyat yuritgani, hamda ushbu klubning 3 oyga mo‘ljallangan o‘quv seminar-treninglarida tashkilotchi sifatida hissa qo‘shgani uchun «Tashakkurnoma» lar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Geodeziya, kadastr va kartografiya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Bazarbaeva Klara, Geografiya yo‘nalishi 3-bosqich talabalari O‘teshova Gulsara Joldasbaev Bayrambek,
Geografiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Turg‘aliyev Qarjaw ushbu klubning 3 oylik o‘quv seminar-treninglarini muvaffaqiyatli tamomlagani uchun Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan QR kodli diplomlar bilan taqdirlandi.
Bazarbaeva Klara «Qizlar ovozi» klubining Beruniy tumani koordinatori bo‘lib saylangan bo‘lsa, fakultetimizning Neft va gaz ishi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Davletova Banu ushbu klubning Ellikqal’a tumani koordinatori bo‘lib saylangan.




Biz ishonamizki, bu kabi yoshlar, vatanimizning ertangi kuni va kelajagi yo‘lida, Uchunchi renessans poydevorini yaratishda ulkan hissa qo‘shadi.
B.Tairov
Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari