Talabalar bandligini ta’minlash shu kungacha qiyin masala bo’lib kelgan edi. Biroq bu muammo Prezidentimiz tashabbusi bilan «Oliy ta’lim muassasalari talabalari ishlab daromad topishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratish » mavzusiga bag’ishlab o’tkazgan videoselektor yig’ilishida o‘z yechimini topdi.
Bugun 18-mart kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 70 ga yaqin tashkilot va korxonalar 1400 bo‘sh ish o’rni bilan ishtirok etdi.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamkorligida oʼtkazilgan boʼsh ish oʼrinlar yarmarkasida talaba yoshlar uchun Xalq taʼlimi tizimidagi 40 ta, ishlab chiqarish yoʼnalishlari boʼyicha 55 ta boʼsh ish oʼrinlari taklif etildi.
Yarmarkada qatnashgan barcha talaba-yoshlar uchun 70ta tashkilotning mavjud 1400 ga yaqin vakant ish oʼrni taklif etildi.
Mazkur yarmarkada Qoraqalpoq davlat universitetining 3327 nafardan ortiq talabasi ishtirok etib, shu yerning oʼzida 188 nafardan ortiq talabalarga ishga joylashish boʼyicha yoʼllanmalar berildi.
Yarmarka jarayonlari





QQDU Matbuot xizmati