
Talabalar bandligini ta’minlash shu kungacha qiyin masala bo’lib kelgan edi. Biroq bu muammo Prezidentimiz tashabbusi bilan «Oliy ta’lim muassasalari talabalari ishlab daromad topishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratish » mavzusiga bag’ishlab o’tkazgan videoselektor yig’ilishida o‘z yechimini topdi.
Joriy yilning 18-mart kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Mehnat yarmarkasi bo’lib o’tdi.

– Oliygohimizda tashkil qilinayotgan mehnat yarmarkasi talabalarga, ayniqsa, ishlash va qo`shimcha daromad topishga muhtoj yoshlar uchun katta imkoniyatlar beradi. Avvalo, bunday imkoniyat va otalarcha g`amxo`rlik uchun muhtaram Prezidentimizga chin qalbdan minnatdor bo`lib, bildirilgan ishonchni oqlash har birimizning bosh vazifamiz,- deya ta`kidladi rektor A.Reymov kirish so`zida.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar kengashi kotibiyati raisi B.Ayimbetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari O‘.Qazaqbayev so`zga chiqdi.
Bugun tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 70 ga yaqin tashkilot va korxonalar mingdan ortiq bo‘sh ish o’rni bilan ishtirok etdi.
O’tkazilayotgan yarmarkaning asosiy maqsadi ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan to’g’ri suhbatlashish orqali talabalar o’ziga munosib ish topishi, kadrlarga muhtojligi bor korxonalar, ishga joylashish imkoniyatlari va hududiy mehnat bozori haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish bilan birga ish beruvchilarga kerakli kadrlarni tanlashda amaliy yordam yordam ko’rsatish hisoblanadi.





(Ma`lumat uchin: Mehnat yarmarkasi haqida qo`shimsha ma`lumot beriladi).
QQDU Matbuot xizmati