Talabalar turar joylarida ijtimoiy ma’naviy muhit holatini o’rganish va uning faoliyatini yanada samarali tashkil etish boyicha Qoraqalpoq davlat universitetida Ishchi guruhi a’zolarining ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2022-yil 9-martdagi topshirig’i ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylarida ijtimoiy-ma’naviy muhit, yaratilgan shart-sharoitlar, talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularga zarur bo’lgan qo’shimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida tashkillashtirilgan xizmat safarida Termiz davlat universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti, Termiz muhandislik-texnologiya instituti, Termiz davlat universitetining Pedagogika institutidan mas’ul xodimlar tashrif buyurishdi.
Joriy yilning 24-29 mart kunlari oralig`ida Qoraqalpog`iston Respublikasida joylashgan oliy ta`lim muassasalari faoliyatini o`rganish ishlari olib borilmoqda.
Talabalar turar joylarini o’rganish bo’yicha Ishchi guruhi a’zolari (Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektorlari) xizmat safarining birinchi kuni Qoraqalpoq davlat universitetida Qoraqalpog`istondagi oliy ta`lim muassasalarining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektorlari, (direktor o`rinbosarlari) ishtirokida davra suhbatini o`tkazdi.

Kelgusi kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining talabalar turar joylaridagi mavjud sharoitlar, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi bilan bog’liq haqiqiy holat bo’yicha o`rganishlar olib bordi.
Tashrif davomida talabalar bilan dildan samimiy suhbat qurildi, yaratilgan shart-sharoitlar har tamonlama o`rganildi.
Bugungi kunda Qoraqalpoq davlat universitetida talaba-yoshlarni ko‘proq to‘garak ishlariga jalb etib, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida yuzdan ortiq to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo`lib, talabalarning har kuni hunar o`rganish bilan band.









Qoraqalpoq davlat universiteti Matbuot xizmati