O`zbekiston fanlar akademiyasi Astronomiya instituti docenti Javlan Rayimbaev Qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti fizika ta`lim yo`nalishi 4-kurs talabalari va 1-kurs magistrlarga «Neytron yulduzlari» mavzusida seminar o`tdi.
Hozirgi kunda O`zbekistonda Astrofizika bo`yicha Xitoy, Hindiston, Qozog`iston va boshqa chet davlatlari professorlari bilan birgalikda juda katta ilmiy izlanishlar olib borilayapdi. Bu ilmiy izlanishlarda bizning hamyurtlarimiz O`zbekiston va Qoraqalpog`istonlik Fan doktori, professor va fan nomzodlari ham juda faol ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Shulardan biri asli Qoraqalpog`istonlik Javlan Rayimbaev. 2022-yilning 24-mart kuni O`zbekiston fanlar akademiyasi Astronomiya instituti docenti, Rayimbaev Javlan Qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti, fizika ta`lim yo`nalishi 4-kurs talabalari va 1-kurs magistrlariga «Neytron yulduzlari» mavzusida seminar o`tkazdi. Seminar boshida Rayimbaev o`zi bilan birgalikda Astrofizika bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan O`zbekiston va Qoraqalpog`istonlik Fan doktori, professor va fan nomzodlari haqida gapirib, nomma-nom atab, ular haqida ma`lumotlar berib o`tdi.


Seminar davomida Javlan Rayimbaev Neytron yulduzlarning paydo bo`lishi haqida talabalarga kengroq tushunchalar berdi. Shu bilan birga ilmiy ish qilish, yaxshi ilmiy maqolalar yozish uchun chet (ingliz va rus) tillarini yaxshi bilish kerakligini ta`kitlab, chet tillaridagi adabiyotlar juda ham ko`pligi va tushunish uchun juda ham sodda ekanligini aytib o`tdi. Bundan tashqari Rayimbaev seminar o`tkazishdan maqsadi, Qoraqalpoq davlat universitetida ham Astrofizika bo`yicha ilmiy maktab yaratish niyatida ekanligini aytib, bu borada qanday yordam kerak bo`lsa, tayyorligini bildirdi.

Seminar oxirida Fizika kafedrasi mudiri Marat Tagaev Javlan Rayimbaevga o`z minnatdorchiligini bildirib, talabalarga bizning yurtimizda ham ilmiy izlanishlar qilib juda hatta yutuqlarga erishgan hamyurtlarimiz borligini aytib, talabalarga ayniqsa magistrlarga ilmiy izlanishda davom etishlarini ta`kidlab o`tdi.
