Zamonaviy dunyoda chet tillarini bilish juda muhimdir. Ularni o‘rganish dunyo qarashimizni kengaytiradi, odamlar bilimini mustahkamlaydi. Ular orasida xalqaro muloqot tili sifatida ingliz tili alohida o’rin tutadi.
Iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini yanada yuksaltirish maqsadida “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan har yili ingliz tili fanidan olimpiada o‘tkazib kelinmoqda.

Bu yil olimpiadada ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi kurslarning barcha jonkuyar talabalari qatnashib, ishtirokchilar soni 31 nafarni tashkil etdi.
Olimpiada 2 bosqichda o‘tkazildi: birinchi bosqichda – (tinglash, o‘qish va tilshunoslik bo‘yicha topshiriqlar), 31 nafar ishtirokchidan birinchi bosqich natijalari aniqlangach, 10 nafari ikkinchi bosqich – sinxron tarjima va so‘zlashuvga yo‘llanma oldi. Olimpiada ishtirokchisining har ikki bosqich uchun maksimal ball 100 ballni tashkil etdi.
Shunday qilib, birinchi o‘rinni egallagan g’olib, fakultet bosqichiga o’tkaziladi, olimpiadaning fakultet g‘olibi esa may oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Respublika bosqichida uchta o‘rinni egallagan ishtirokchilar magistraturada o‘qishni davom ettirmoqchi bo‘lgan oliy o‘quv yurtini tanlash huquqiga ega bo‘ladi.
Ingliz tili fanidan o‘tkazilgan bilim bellashuvlarining ikki bosqichidan so‘ng 407-guruh talabasi Jumanbetova Xurliman 82,5 ball to‘plagan holda birinchi o‘rinni egallab, fakultet bosqishiga yo‘llanma oldi.
Biz uni kafedramiz nomidan tabriklaymiz va har kuni muvaffaqiyat, ilhom, ijod va pozitiv yor bo’lishini tilab qolamiz!


