Joriy yilning 14-15 aprel kunlari «Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati» mavzusidagi respublika o‘quv-seminari boʻlib oʻtdi .Mazkur o‘quv-seminarga Urganch davlat universiteti mezbonlik qildi va unda oliy ta’lim muassasalarining 150 nafardan ortiq Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirok etishdi.Ushbu seminar maqsadi O‘zbekistonda ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning koʻlamini yanada kengaytirish, mamlakatda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar darajasini oshirish,xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning mustahkam asosini yaratish va bu yoʻlda esa oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalar, huquq-tartibot organlari bilan ta’lim muassasalarining hamkorligini belgilab olish va amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish hisoblanadi.Seminar qatnashuvchilarning orasida Berdaq nomidagi Qoraqolpoq Davlat Universitetining xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi I.Seytnazarova va Kimyo-texnologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi R.Kalimbetovalar ham bor .
Oliy taʼlim muassasalaridan tashrif buyurgan 150 nafardan ortiq
Xotin-qizlar maslahat kengashi raislarining oʻzgacha tantana va mehmondoʻstlik
tamoyillari asosida kutib olingani bizni yanada quvontirdi
Seminar kirish qismini UrDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori S.Davletov ochib berib, mazkur tashrifdan oʻz mamnuniyatini izhor etib, seminar ishiga rivoj tiladi.

Keyingi soʻz navbati esa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari,Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.Mahkamovaga berilib mazkur seminar mazmun va mohiyati, shuningdek O‘zbekistonda ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning huquqiy asosi, mamlakatda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarni amalga oshirishda oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalar, huquq-tartibot organlari bilan ta’lim muassasalarining hamkorligi, oila-turmush doirasida jinoyatlarning sabablari vaunga imkon bergan shart-sharoitlar, taʼlim muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda xotin-qizlarning oʻrni haqida aytib oʻtdilar.
Konferensiya ochilishida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri maslahatchisi O.Jamoldinova ham soʻzga chiqib, mazkur o‘quv-seminarni tashkil etishning mohiyati, yurtimizda xotin-qizlarning rolini oshirishga qaratilayotgan yuqori eʼtiborga munosib javob qaytargan holda bu kabi oʻzaro tajriba almashishga, samarali ish faoliyatini tashkil etishga katta zamin yaratadigan uchrashuvlarning ahamiyatini atroflicha bayon etdilar.
Yana da talaba-qizlarning kiyinish madaniyati, gender talablari asosida oilada qizlarni tarbiyalash usullari, Oliy taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni samarali tashkil etish chora-tadbirlari kabi qator dolzarb masalalar yuzasida seminar qatnashchilarining maʼruzalari tinglandi va ma’ruzalar yuzasidan muzokaralar, savol-javoblar boʻlib oʻtdi. va shu kabi dolzarb masalalar boʻyicha turli mutaxassislar fikri talqin etildi.
Konferensiya kunning ikkinchi yarimida ham oʻz ishini davom ettirdi.
Oʻquv-seminarda Yuristlar malakasini oshirish markazi “Ommaviy huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori Lola Saidova “Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini dolzarb masalalari”, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi yetakchi mutaxassisi D.Solixo‘jayeva “Oliy ta’lim muassasalarida talaba-qizlarni mustaqil hayotga tayyorlashda oila va mahalla hamkorligi uzviyligini ta’minlash mexanizmlari” mavzusida zaldan turib, BMT ning Aholishunoslik jamg‘armasining Gender va zo‘ravonlik masalari bo‘yicha eksperti Venera Ermetova “Ta’limda gender yondashuvi va gender sezgirlilikning ahamiyati” mavzusida ZOOM dasturi orqali maʼruza qildilar.
Soʻngra Urganch davlat universitetida xotin – qizlarning ijtimoiy – siyosiy faolligini oshirish bo’yicha oʻtkazilgan respublika o’quv-seminari doirasida mehmonlar universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar va talabalar turar joyiga ham tashrif buyurilib , imkoniyat va qulayliklar bilan tanishildi

Seminarning ikkinchi kuni -15-aprel kuni esa delegatsiyaning butun dunyo hamjamiyatini o’z bag’riga chorlashdan aslo charchamaydigan azim Xiva shahriga sayohati tashkil etildi.Mehmonlar bu ko‘hna shaharning barcha diqqatga sazovor joylari va madaniyati bilan tanishib chiqdilar . Noyob osori atiqalarga boy boʼlgan Xiva muzeylari mehmonlarda ajib taassurot va hayrat uygʼotgani ayni haqiqat.
Seminar ajoyib va betakrorligi va mazmun -mohiyati bilan tubdan farq qila oldi!
Gʻayipbaeva Dinara
Xotin-qizlar kengashi qoshidagi
«Qizlarjon » klubi aʼzosi





