QDUda “Kiberjinoyatlariga birgalikda qarshi kurashish davr talabi” mavzusida uchrashuv oʼtkazildi

Oʼzbkiston Respublikasi Prezidentining “Internet tarmogʼida sodir etilayotgan huquqbuzorliklarning barvaqt oldini olishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 2022 yil 3 fevraldagi PQ-117-son qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining ijrosini taʼminlash maqsadida bugun 5 may kuni Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Nukus shahridagi barcha oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari uchun kiberjinoyatlarining oldini olish boʼyicha tegishli soha xodimlari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Tadbirni universitet rektori А.Reymov olib bordi.

Uchrashuvda Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi maʼsul xodimlari Sadiqov Saidkamol Babaevich va Sultonov Muxsinjon Muqimovich, Oliy va oʼrta-maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi maʼnaviyat va maʼrifat markazi boshligʼi oʼrinbosari Farxodov Fozilbek Baxrom oʼgʼli, Nukus shahar bosh imom xotibi Baxrammatdin Razzakovlar ishtirok etdi.

Maʼruzachilar oʼz chiqishlarida ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar oʼrtasida kiberjinoyatchilik kundan kunga ortib, bu jinoyatlarga talaba-yoshlarimiz ham aralashib, natijada koʼngilsiz hodisalar yuz berayotganligini taʼkidlab oʼtdi. Tadbirni oʼtkazishdagi asosiy maqsad – talaba-yoshlar oʼrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va axborot havfsizligi haqida maʼlumot berish boʼlib hisoblanadi.

 

QDU matbuot xizmati.

 

Foydali havolalar