O‘ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI SHUMANAY TUMANIDA

Ayni damda yurtimiz bo‘ylab o‘qituvchilarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, maktab o‘quvchilarining iste’dodlarini kashf etish, ularni yoshligidan qiziqib orzu qilgan sohasiga yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu masalalar bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylangan. Shunga binoan Respublikamizdagi Oliy o‘quv yurtlari Xalq ta’lim vazirligi bilan yaqin hamkorlikni o‘rnatmoqda.


      Shu jumladan, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ham bu ezgu ishni o‘z zimmasiga olgan holda Shumanay tumani XTBga qarashli 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Ular maktab rahbariyati va o‘qituvchilari bilan uchrashdi. O‘quvchilar universitetda olib borilayotgan dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular o‘qituvchilar o‘rtasida mahorat darslarini olib borish, kelajakda o‘quvchilarning chuqur ilm olishi, munosib kasb egallashi, umumta’lim maktablar hamda universitet o‘rtasidagi hamkorlikning yangi istiqbollari borasida o‘zaro fikrlashdilar. Uchrashuvda O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani M.Kurbaniyazov so‘zga chiqib, maktab bitiruvchi yoshlariga universitetimizda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

 

Turkman tili va adabiyoti kafedrasi

                                                                     o‘qituvchisi Nobat Muxanov

Foydali havolalar