Prezidentimizning 2021-yil 23-avgust kuni yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda oʻqituvchilarning oʻrnini yanada mustahkamlashga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida « … universitet va institutlarni, ularning kafedra va dekanatlarini maktablarga biriktirish lozim. Yaʼni ular maktablarni «otaliqqa olish»lari kerak» , – deya taʼkidlab oʻtilgandi va muhtaram Prezidentimiz tomonidan bir qator aniq topshiriqlar belgilangan edi.

Ana shu vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida koʻplab saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda bugun Qoraqalpoq davlat universiteti Oʻzbek filologiyasi fakultetining professor-oʻqituvchilari va iqtidorli, izlanuvchan talaba-yoshlari Shumanay tumani XTBga qarashli 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurdilar. Oʻzbek filologiyasi fakulteti professor-oʻqituvchilari Qoraqalpoq davlat universitetida yaratilgan sharoitlar , taʼlim jarayonining tashkil etilishi , talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv xonalarining zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanganligi va boshqa koʻplab jihatlari bilan tanishtirib oʻtdi.
Professor-oʻqituvchilar va talabalarning tashrifidan asosiy maqsad – oʻquvchi-yoshlarni hozirdan biror kasbga yoʻnaltirish , ularning boʻsh vaqtlarida biror kasb-hunar bilan shugʻullanishlari uchun yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatish . Eng asosiysi, ularning ongida ilm olishga , oʻqishga bo’lgan qiziqishini yanada kuchaytirishdir. Tashrif davomida professor-oʻqituvchilar tomonidan master-klass darslar tashkil etildi.Maktab oʻquvchilari Oʻzbek filologiyasi fakultetida hozirgi kunda faoliyat koʻrsatib kelayotgan toʻgaraklar haqida yetarlicha maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Uchrashuv davomida faol ishtirok etgan oʻquvchi-yoshlar universitet tomonidan esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

