Axborot xati

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Yuridika fakulteti, “Milliy gʻoya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi 2022-yilning 25-may kuni «Fuqarolik jamiyatida shaxs tarbiyasi va oila institutining dolzarb masalalari» mavzusidagi Respublika ilmiy – amaliy konferensiya oʻtkazishni tashkil qilmoqda.

Konferensiyada qoʻyidagi yoʻnalishlardagi muammolar muhokama etiladi:

1-shub’a. Oʻzbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi va jamiyat rivojining asosiy omillari;

2-shub’a. Shaxsning siyosiy madaniyati yuksalishida fuqarolik jamiyati institutlarining roli;

3-shub’a. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy innovatsiyalar – oila farovonligining asosiy omili sifatida;

Taqdim etilayotgan ilmiy maqolalarni rasmiylashtirish tartibi:
Taqdim etilayotgan ilmiy maqola MС Wорд 2000, 2003, 2007 formatlarida, Times New Roman shriftida, 14 kegelda, 1,5 intervalda yoziladi.
Qogʻoz hajmi A4 (210×297 mm), tepadan va pastdan 2,0 sm, chapdan 3,0 sm hamda oʻngdan 1,5 sm doirasida yoziladi.
Maqolalar qoraqalpoq, oʻzbek, rus va ingliz tillarida 3-5 bet hajmda taqdim etilishi mumkin.
Muallifning toʻliq ismi sharifi, ilmiy darajasi, unvoni va ish joyi birinchi sahifaning tepa qismida oʻng tomonda koʻrsatiladi.
Ma’ruzaning elektron va (mumkin qadar) qogʻoz varianti tashkiliy qumitaga topshiriladi

Mazkur maqolalar elektron toʻplami Google Scholar va In-library bazalarida indekslanadi.

Toʻplam mualliflar hisobidan nashr etilishi tufayli, maqola uchun 30 000 soʻmdan olinishini eslatib oʻtamiz.
Maqolalar qabul qilish muddati: 23.05.2022-y.

Manzil: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahar, akademik Ch.Abdirov koʻchasi, 1 uy. Qoraqalpoq Davlat universiteti, Yuridika fakulteti.
Е-mail: indira.gandi@bk.ru yoki telegramm +99893 486-66-69
Murojaat uchun telefon: (8 361) 223-60-41, yoki +99891 390-47-49

Ma’sul hodimlar: Bayryyeva Almagul Qurbanovna,

Jollybekova Indira Baxytovna

Foydali havolalar