Namunali oila bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

«15-may Xalqaro oila kuni» munosabati bilan QQDU rektorining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi I.Seytnazarova va Tarix, Geografiya va tabiiy resurslar, Jismoniy madaniyat, Biologiya fakulteti dekan maslahatchilari N.Abdimuratova, N.Zaretdinova, G.Uskinbayeva, G.Perdebayevalar, tyutorlardan G.Qaniyazova, G.Jumabayevalar «Elabat» va «Almazar» mahalla fuqarolar yigʻini raisi B.Erkinbayev, xotin-qizlar masalalari boʻyicha mahalla faoli R.Utemisova va talaba yoshlar ishtirokida mahallada yashayotgan Namunali oilalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

 

Taniqli LOR shifokori, «Qoraqalpogʻiston Respublikasida  xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi», eng namunali oila vakili Mirzakarim Aytjanovning oilasida boʻlib, hayot yoʻli va ijodi, oilaviy yutuqlari, farzand tarbiyasidagi yoʻl-yoʻriqlar haqida gapirib berdi. QQDU da xotin-qizlar komiteti raisi boʻlib 35-yil ishlab kelgan, Chet tillari fakultetida oʻqituvchi boʻlib ishlagan mehnat faxriysi, hozirda nafaqadagi namunali onaxonimiz Zernegul Sultanovaning oilasi bilan yaqinroq tanishib, suhbatlashdilar. Onaxonimiz talaba qizlarga oilaning mustahkamligida onaning oʻrni va farzand tarbiyasiga doir maslahatlar berdi. Uchrashuv ajoyib savol-javoblar bilan mazmunli davom etdi.

 

N.Zaretdinova

Tarix fakulteti xotin-qizlar

masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi

Foydali havolalar