ANADOLU UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (2/ 17-08/1 1-son, 08.11.2021.), Тashqi ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligining takliflari asosida Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining xorijda stajirovka o‘tashi ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti “Turkman tili va adabiyoti” kafedrasi  assistenti Avezklicheva Sayat va “Qozoq tili va adabiyoti” kafedrasi assistenti Serikbayeva Aqmarallar 2022-yil 23-maydan 25-iyungacha Turkiya Respublikasining Eskishahar qal’asida joylashgan Anadolu universitetiga stajirovkaga yuborildi.

U yerda Xalqaro bo‘lim koordinatori Bilge Qag‘an O‘zdemir va Lili Feng Baxtiyar kutib olishdi. Hozirgi kunda Adabiyot fakulteti “Turk tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining darslariga qatnashmoqda. Xususan, universitetda yaratilgan shart-sharoitlar va o‘quv jarayonlarining olib borilishi bo‘yicha Turk tili va adabiyoti kafedrasi boshlig‘i Mexmet Mahur Tulum va kafedra dotsenti Zulfikar Bayraktar hamda Xalqaro bo‘lim yordamchisi Lili Feng Baxtiyarlar yaqindan yordam berishmoqda.

                                                             

 Chari Chariyev

Turkman tili va adabiyoti kafedrasi assistenti 

Foydali havolalar