Joriy yilning 26-may kuni Geografiya va tabiiy resurslar fakultetida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Ilmiy seminardan oʻtkazishdan maqsad, Vengriyaning Budapesht shahridagi Texnologiya va Iqtisodiyot universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va o‘zaro tajriba almashish. Seminarda Vengriyaning Budapesht shahridagi Texnologiya va Iqtisodiyot universitetidan tashrif buyurgan doktor Loran Foldvari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti professori, geografiya fanlari doktori V.A.Rafiqov, Geografiya fanining kelajakdagi perspektivalari va muammolari bo‘yicha ilmiy izlanish ishlarini birgalikda, Vengriya davlat universiteti, Toshkentdagi seysmologiya instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti professor-o‘qituvchilari, magistrantlari hamkorlikdagi ilmiy izlanishlari muhokama qilindi.


Seminarni Geografiya fanlari nomzodi, dotsent P.Reymov olib bordi. Orolbo‘yida geografiya bo‘yicha o‘rganilishi kerak bo‘lgan bir qator murakkab ilmiy ishlar mavjudligi va ular kelgusida hamkorlikda ishlashga tayyor ekanini ta’kidladi.


Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti dotsenti,
g.f.n. O.G.Sultashova,
g.f.n. Ya.G. Xudaybergenov.