Xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni oldini olish mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Ichki ishlar hodimlari va QDU Yuridika fakulteti Xotin-qizlar ishlari boʻyicha ma’sul G.Pirniyazova bilan birgalikda universitet talabalari uchun “Xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuvda xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni oldini olish hamda ularni huquqlarini himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil soʻz yuritildi.

 

Muloqotda 2019-yil 2-sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi hamda “Xotin-qizlar va yerkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunlar va ular asosida bir qator qaror va farmoyishlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq yetilgani ta’kidlandi. Jinoyatning hamma turi insoniyat uchun xavfli va zararli hisoblanadi. Ayollar jinoyati bugun erkaklar oʻrtasidagi jinoyatdan ham xavfliroq tus olayotgani, buning sababi xotin-qizlarning hayotga yengil qarashi, oson yoʻl bilan pul topish haqidagi oʻylaridan chiqib kelayotgani ta’kidlandi va bu jinoyatchi ayolning oilasi, u tarbiyalaydigan kelajakga ta’sir qilishini tushuntirildi.

Shuning bilan, talaba qizlarni havoiy narsalarga aldanib qolmaslikga, huquqbuzarliklardan yiroqda boʻlishga, tartib va intizomga rioya qilishga va oʻz kelajaklarini xozirdanoq toʻgʻri yoʻldan qurishga chaqirildi.

Foydali havolalar