QIZ BOLA TARBIYASI – MILLATIMIZ SHANI

Xalqimizda azal azaldan qiz farzandlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib kelinadi. Haqiqatan ham, qiz bola tarbiyasi oʻta nozik tarbiyadir. Xalqimizda “onasini koʻrib qizini ol” degan gap bor. Bu gapning zamirida kata ma’no mujassam. Oilada qiz bola onasining yurish turish munosabati, hunarmandligidan dars oladi, shu xislatni hayotda tatbiq etishda harakat qiladi.

    Oʻzbek filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi K.Baymenova tashabbusi bilan Talabalar turar uyida turadigan qizlar bilan “Qiz bola tarbiyasi-millatimiz sha’ni” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Xususan, qizlarimizga dastlab yosh ona sifatida oʻzini tutishi va oilada qiz bola tarbiyasida nimalarga ahamiyat berish borasida oʻzining qimmatli fikrlarini bildirdi.  Yoshligidan qiz bolani ozodalikka, shirinsuhanlikka oʻzidan kattalarni doimo hurmat qilib borishga undash va oʻrgatish lozim. Qiz bola nomiga bir dogʻ tushsa, bu dogʻ hech qachon ketmaydi. Keyingi paytda qizlar tarbiyasida nuqsonlar uchrab turibdi, bularni bartaraf etish maqsadida ota-ona, ayniqsa onalar zimmasida ulkan mas’uliyat yuklanayotganligini qizlarimizga tushuntirildi. Berilgan ma’lumotlar va tavsiyalar bilan oʻzlarini yosh ona sifatida amaliy tajriba asosida talaba-qizlarimiz ancha narsa oʻrgandilar.

 

                                                                    Kamshat Baymenova

                                                          Oʻzbek filologiyasi fakulteti

Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi

Foydali havolalar