Joyiy yil 9-10-iyun kunlari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti “Turkman tili va adabiyoti” kafedrasi assistenti Avezklicheva Sayat va “Qozoq tili va adabiyoti” kafedrasi assistenti Serikbayeva Aqmaral Turk dunyosi tadqiqotlari institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Turk dunyosi tadqiqotlari instituti direktori Fikret Turkmen institut tarixi, tili va adabiyoti, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid tadqiqotlari va hozirgi kunda yaratilgan shart sharoitlar bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi. Ayniqsa, Fikret Turkmen tomonidan yaratilgan kutubxonada, turk xalqining tarixini to‘liq aks ettiruvchi badiiy asarlari professor-o‘qituvchilarimizni hayratlantirmay qolmadi.



Shundan toponomik olim dotsent Ibrahim Shahin turk xalqining joʻgʻrofiy nomlarning paydo boʻlishi, rivojlanishi, oʻzgarishi va toʻgʻri yozilishi haqida va Egey universiteti professori turk folklori bo‘limi boshlig‘i Metin Ekiji “Qo‘rqit ota she’rlaridagi qadriyatlar” mavzusida bir qancha ma’lumotlar berib o‘tdi. Turk dunyosi tadqiqotlari instituti bilan tanishishda yaqindan yordam bergan Ege universiteti Turk adabiyoti bo‘limi dotsenti Pinar Fedakar, Аnadolu universiteti Turk tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Zulfiker Bayraktarlarga o‘z minnaddorchiligimizni bildiramiz.


Turkman tili va adabiyoti
kafedrasi assistenti Chari Chariyev