Talaba qizlarimiz har doim boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish bilan bir qatorda kasb hunar egallashga boʻlgan intilishlari oʻz natijasini bermoqda. Qiz bolaga qirq hunar oz deganlaridek talabalik davrlarini oʻqish bilan qoʻshimcha universitetimizda yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanmoqda. Qizlarni yanada yaxshi hunar egallashi uchun tashkillashtirish qobiliyatini oshirish maqsadi da fizika fakulteti xotin qizlar masalahat kengashi G.Nurımbetova tashabbusi bilan fakultet «Yosh lider qizlar» toʻgaragi tashkillashtirilgan edi.



Bunda asosiy maqsad qizlar orasida faollik qobiliyatini orttirish, motivatsiya berish,fakultetda oʻtkaziladigan tadbirlarda qatnashish, aktiv qizlarni bir yerga toʻplash, har taraflama qizlarning imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, guruhlardagi har bir qiz bilan individual tarizda yaqinnan tanishish va ishlash nazarda tutildi. Sababi talaba uchun oʻz tengdoshi bergan motivatsiya va yordam oʻz kuchiga ega.Mana shu lider qizlar faoliyatidan foydalanib universitetimizda faol, jamiyatda oʻz oʻrnini egallaydigan qizlarni koʻpaytira olsaq maqsadimizga erishgan boʻlamiz.Yosh lider qizlar bilan oʻtkazilgan suhbat keng ma’noda fikr olishishlarga sabab boʻldi va rejalar tuzib olindi.


Gulistan Nurımbetova
Fizika fakulteti xotin qizlar masalalari buyicha dekan maslahatchisi