XALQARO TANLOVNING GʻOLIBI TAQDIRLANDI

«BEST PUBLICATION” ilmiy-tadqiqotlar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan Mustaqil Davlatlar Xamdoʻstligi (MDX) miqyosida tashkil etilgan “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun” xalqaro tanlovining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Ushbu tanlovda  vatanimizning xalqaro maydondagi obroʻ-e’tiborini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan, yurtimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga namuna boʻlayotgan, oʻqishda va ilmiy izlanishlari faoliyatida, ilm-fan sohasida yutuqlariga erishgan  tashabbuskor talaba-yoshlar  “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun” esdalik koʻkrak nishoni hamda guvohnomasi bilan taqdirlanadilar.

Taqdirlanganlar qatorida Berdaq nomidagi QQDU Tarix fakulteti 3-bosqich talabasi, «Lider qizlar klubi» a’zosi Utemuratova Xanna mazkur tanlovda gʻolib boʻlib, koʻkrak belgisi bilan tantanali ravishda taqdirlandi.

Qoraqalpoq davlat universiteti Xotin qizlar maslahat kengashi nomidan Utemuratova Xannani tabriklaymiz va oʻqishlarida, ilmiy faoliyatida  omad tilaymiz!

 

Tarix fakulteti «Lider qizlar klubi»

a’zosi G.Jumamuratova

Foydali havolalar