DIQQAT E’LON!!!

YUNESKOning Ipak yo’li dasturi doirasidagi YUNESKO tashkilotining Ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasini tadqiq etish, Ipak yo’li siyosati va rejalashtirish bo’limi tomonidan tashkil etilayotgan “Ipak yo‘li yoshlar nigohida” deb nomlangan
4-xalqaro fotorasmlar tanlovi to’g‘risidagi ma’lumotni havola etmoqdamiz. Mazkur tanlovning asosiy maqsadi, yoshlarning o‘zaro raqamli aloqada bo’lishi, pandemiyadan so‘nggi davrdagi tasavvur va umidlari va yoshlar ijodkorligi borasida almashinuv, ipak yo‘lining merosi va ruhi bo‘yicha ilhomlantirish va ijodkorlikni oshirishga imkon yaratishdir.

To’rtinchi tanlov uchun Ipak yo‘li umumiy merosini aks ettiruvchi ikki mavzuga bag’ishlangan fotorasmlar taqdim etilishi mumkin:

  • “E’tiqod va ma’naviyat;
  • “Elamjihatlikda yashash”,

Tanlovga rasmlami taqdim etish muddati joriy yilning 19-aprel kunidan 17-iyul kuniga qadar davom etadi. Tanlovda 14 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar avval http://unescosilkroadphotocontest.org/participate veb-sahifasida joylashgan rasmlar uchun aniq talablar bilan tanishishlari so’ngra talab etilgan shaxsiy ma’lumotlami kiritgan holda ro‘yxatdan o‘tib o‘z shaxsiy akkauntlari orqali 20 tagacha fotorasmni to’g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etishlari mumkin.

 Tanlov 2 guruhga (14-17 va 18-25 yosh toifasida) ajratilib tashkil etiladi. Xar bir guruhdan 3 nafardan g‘olib Xalqaro tanlov qo‘mitasi tomonidan tanlab olinadi. Birinchi o‘rin g’oliblari professional kameraga, ikkinchi o‘rin egalari yarim professional kameraga va uchinchi o‘rin sovrindorlari standart model raqamli kamera bilan taqdirlanadilar.

Tanlov ruhini eng yaxshi aks ettiruvchi 50ga yaqin fotosuratlardan iborat sayohat ko‘rgazmasi dunyoning turli joylarida namoyish etiladi (pandemiya cheklovlarini inobatga olgan holda). Ushbu fotosuratlar professional fotoalbomda aks ettiriladi.

 

Foydali havolalar