KONSTITUSIYAVIY ISLOHOTLARDA YOSHLAR FAOL QATNASHMOQDA

Xalq fikrini oʻrganish asosida Konstitutsiyani takomillashtirish yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi sifat darajasiga koʻtarish, xalqimizning turmush farovanligini yanada oshirish,Oʻzbekistonnig dunyodagi eng ilgʻor davlatlar qatoriga kirishga ulkan imkoniyatlar yaratadi. Oʻzbekiston XDP Qorakalpogʻiston Respublikasi Kengashi, Nukus shaxar kengashi tomonidan Qoraqalpoq davlat universitetining  Fizika fakulteti oʻqituvchilari va talaba yoshlari ishtirokida “Mening Konstitutsiyam” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

 

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha “Mening konstitutsiyam” platformasi takliflarni qabul qilayotganligi toʻgʻrisida suz yuritildi. Shuningdek, fuqarolar oʻz takliflarini nafaqat onlayn platformaga balki, mahallalar, xalq deputatlari Kengashlari, orqali yuborishlari mumkin ekanligi yigʻilish ishtirokchilariga tushuntirildi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar bosh qomusimizga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar berishdi Muloqot davomida tadbir ishtirokchilari tomonidan bir qator takliflar va fikr-mulohazalar bildirildi.

 

Gulistan Nurymbetova

Fizika fakulteti xotin qizlar masalalari buyicha dekan maslahatchisi

Foydali havolalar