Keyingi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining infratuzilmasini yaxshilash, hudud ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yanada taraqqiy ettirish asnosida ko‘plab investitsiya loyihalari ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bu yerda neft-gaz, metallurgiya, to‘qimachilik, kimyo, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Buning natijasida esa xorijiy investorlar ishtirokida yangi korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilyapti.
2017 yilda Qorao‘zak tumanida o‘z faoliyatini boshlagan “KARAKALPAK SEMENT” MChJ QK ham ana shunday investitsiya loyihalaridan biri sanaladi. Umumiy qiymati 40 mln AQSh dollari bo‘lgan ushbu loyihaning dastlabki bosqichida 17 mln dollarlik investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lib, 200 nafardan ziyod aholi ish bilan ta’minlangan. Korxona dastlab yiliga 200 ming tonna M-400 markali sement ishlab chiqarish quvvati bilan boshlagan bo‘lsa, endilikda bu ko‘rsatkich 400 ming tonnaga yetkazildi. O‘tgan 2019 yilda hududni sement mahsulotiga bo‘lgan talabini qoplash maqsadida qo‘shimcha quvvatlar ishga tushirildi. Ishlab chiqarish quvvati 2 barobar ortdi. Yangi ishlab chiqarish liniyasida zamonaviy energiya tejamkor uskunalar o‘rnatilgan. Ma’lumki, mazkur korxonada muqobil yoqilg‘i turi ko‘mirdan foydalaniladi.
Shularni inobatga olgan holda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti «Kimyo texnologiyasi” fakultetining «Kimyoviy texnologiya» kafedrasining 2-kurs b,s kimyo texnologiyasi ta’lim yo’nalishi talabalari 2021-2022 o’quv yili uchun ushbu zavodda ishlab chiqarish amaliyotini o’tamoqda.


Bu amaliyotda zavoddagi xavfsizlik mexanikasi injeneri R.Berdimuratov hamda D.Qıdırniyazovlar korxona texnik xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirub, zavod haqida toliq ma`lumotlar va tusuntirish ishlarini olib borishmoqda. Amaliyotga kafedra tomonidan assistent A.Sadikova hamda stajyor oqıtuvchı M.Jabbarbergenovlar rahbarlik qilib kelishmoqda. Ular talabalar ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha maslaxat berib va amaliyot o‘talayotgan joyda kundalik yuritish, amaliyot bo‘yicha umumiy yo‘riqnomalar va barcha zaruriy o‘quv-uslubiy hujjatlarni olish ishlari bilan tanishtirib kelishmoqda.
Barno Jalgasbaeva
Kimyo-texnologiya, 2-bosqich talabasi