Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbarining 2022-yil 29-may sanasidagi 02-1415-sonli topshirigʻi ijrosini ta’minlash va xorijiy til oʻqituvchilarining talab va istaklarini inobatga olib, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Cambridge Assessment tashkilotining UZ026-sonli rasmiy markazi sifatida oʻqituvchi-pedagoglar uchun xalqaro tan olingan ТКТ test tizimi boʻyicha test sinovlarini har oyda, har bir viloyatda arzonlashtirilgan narxda nodavlat ta’lim muassasalari va hokimliklar bilan hamkorlikda oʻqituvchilar uchun qulay vaqtda tashkillashtirish hamda xalqaro testlarga tayyorgarlik boʻyicha qoʻshimcha kurslar tashkil etish boʻyicha Agentlikning hududiy boʻlimlari koʻmak berishga tayyor ekanligini bildiramiz. Agentlikning hududiy boʻlim ma’lumotlari ilova qilinadi.
