Тalabalarga turarjoy masalasida amaliy yordam berilmoqda

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida talabalarining talabalar turar joyiga joylashishi va ijaraga turar joy topishlarida ko‘maklashish boʼyicha bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Universitetda ushbu masala yuzasidan mas’ul xodimlar talabalar holidan doimo xabardor bo‘lib, ularning turar joy bilan taʼminlanishini nazorat qilib borishadi. Turar joyga ehtiyoji bor talabalarga universitet rahbariyati, dekanlar, dekan oʼrinbosarlari va guruh tyutorlari hamkorligida amaliy yordam ko’rsatilmoqda.

Fizika fakulteti xotin qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Gulistan Nurimbetova va TTJ  pedagog tarbiyachisi Marjan Jaqsimuratova,fizika fakulteti tyutorlari bilan birgalikda TTJ ga kelgan talaba qizlar va ularning ota-onalari munosib kutib olindi va xonalarga joylashtirildi.

      Bu yili o’qishga kirib TTJ ga joylashgan talaba qizlarga bu erning tartib intizom,tozalikga riyo qilishi ogohlantirildi.

Universitet talabalar turar joyiga ularni  joylashtirishda quyidagi asosiy mezonlarga e’tibor qaratiladi:

     -Kam ta’minlangan oila farzandlari;

-Boquvchisini yo`qotgan ko`p bolali oila a`zosi;

-To`liq davlat ta`minotida bo`lganlar (chin yetim);

-Oilada ikki va undan ortiq to`lov-kontrakt asosida ta`lim oluvchi talaba.

Shuningdek, qo`shni respublika hamda viloyatlardan o`qishga qabul qilingan talabalar,uzoq tumanlardan kelgan talaba yoshlar ham yotoqxonaga joylashtirilmoqda.

Hozirgi kunda ikki qavatli karavotlar qo`yilib, avvalgi yillarga nisbatan ko`p sonli talabalar yotoqxona bilan  ta’minlanmoqda.

 

G.Nurimbetova

Fizika fakulteti xotin qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi  

 

Foydali havolalar