Qoraqalpoq davlat universitetiga ikkinchi va undan keyingi taʼlim olish uchun 60420100-yurisprudensiya (xizmat turlari tүrlari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi boʻyicha hujjat topshirgan abituriyentlar uchun imtihonlar test shaklida Davlat test markazi tomonidan joriy yil 16-17 sentabr kunlari soat 08:00 hamda 14:00 da oʻtkaziladi.
Test oʻtkaziladigan fanlar:
– tarix fanidan 30 ta savol (har bir savolga 3,1 balldan);
– chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanidan 30 ta savol (har bir savolga 2,1 balldan);
– 3 ta majburiy fandan 10 ta savoldan 30 ta savol (matematika, ona tili, Oʻzbekiston tarixi, har bir savolga 1,1 balldan) beriladi.
Barcha abituriyentlar fuqarolik pasporti bilan test boshlanishidan 1 soat oldin kelishlarini soʻraymiz.
Manzil: Nukus shahri, Olmazor koʻchasi 1 uy.
Moʻljal: Nukus shahri, Prezident maktabi.
Geolokatsiya https://goo.gl/maps/RDYGxFxB3XRMkUKx8
Izoh: Guruhlar DTM tomonidan shakllantirilgach guruh hamda vaqti QDUning @www_karsu_uz kanalida qoʻshimcha eʼlon qilinadi.