Joriy yil 26-sentabr kuni universitet talabalari orasida amaliy sanʼat yoʻnalishlari (maqomchilik, ganchkorlik, yogʻosh uymakorligi, kandakorlik, zargarlik, kashtachilik, zardozlik, gilamdoʻzlik, hattotlik, va h.k.) boʻyicha yaratilgan ijodiy ishlar boʻyicha tanlov eʼlon qilamiz. Tanlov koʻrgazma tarizda tashkil etiladi. Tanlovga ishtirok etadigan talabalar qoʻyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ishtirok etishlari mumkin.
- maqomchilik,
- ganchkorlik,
- yogʻosh uymakorligi,
- kandakorlik,
- zargarlik,
- kashtachilik,
- zardozlik,
- gilamdoʻzlik,
- hattotlik
Tanlovni baholash mezonlari:
– ijodiy ishlarda boy ijodiy fantaziya orqali birlashtirilgan shakllarning maqsadga muvofiqligi;
– ranglarning uygʻunligi va oʻziga hos kompozitsiyalarda yaratilganligi, bejirim shakldan, material fakturasidan mohirlik bilan foydalanib yorqin ifodalikka erishganligi;
– badiiy bezak elementlari maʼlum qonun-qoidalarga amal qilgan holda joylashtirilganligi;
– ijodiy ish yaxlit kompozitsiyani xosil qilishi va uning tugallanganlik darajasi;
– bajarilish texnikasi, bezak ijrolarining barqarorligi, oddiyligi va shakllarining qatʼiyligi bilan ajralib turish;
– ishtirokchilar maʼlum bilim va malakaga ega boʻlishlari;
– ijodiy ishlar badiiy gʻoyasining tomoshabin hamda asar oldiga qoʻyilgan vazifalar mosligi.
Tanlovda ishtirok etishni hoxlaganlar joriy yil 26-sentabr kuni oʻz koʻrgazmalari bilan yuqoridagi yoʻnalishlari boʻyicha ishtirok etishlari shart.
Tanlovda egallagan 10 gʻolibni rektor tomonidan diplom va esdalik sovgʻolar bilan taqdirlanadi.