QDUning Axborot resurs markazida 1-kurs talabalari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Axborot resurs markazida «Kitapqumarlar klubi»ga asos solgan Axborot resurs markazi direktori R.Kalmurzaeva tashabbuskorligi bilan «Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz» shiori ostida «Qadaming qutlug’ bo’lsin 1-kurs» deb nomlangan kitob ko’rgazmali uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Kechada Axborot resurs markazi xodimlari «Kitapqumarlar klubi» a’zolari va universitetimizning 1-kurs talba yoshlari qatnashdi. Axborot resurs markazi xodimlari R.To’reniyazova, G.Turjanovalar 1-kurs talabalarinig o’qishga qabul qilinganligi bilan tabriklab, kutubxonamizda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi. A.Aluchiev Axborot resurs markazidagi elektron kitoblar fondi haqida va ulardan qanday foydalanish haqida ma’lumotlar berib o’tdi. Bundan so’ng «Kitapqumarlar klubi» a’zosi T.Rambergenova so’zga chiqib, klub haqida talabalarga tanishtirdi. Tadbir davomida «Kitapqumarlar klubi» a’zolari badiiy sahna ko’rinishlari, ijodlari, kitob prizentatsiyalari bilan qatnashdi. Kutubxonamizning oltin fondi hisoblangan kitoblar ko’rgazmasi tadbir qatnashuvchilarida katta taassurot qoldirdi.

     Bunday tadbirlarning o’tkazilib turishi 1-kurs talabalarinig kutubxonaga mehrini, kitobxonlik ma’daniyatini va talba yoshlarning o’quv yili davomida tashabbuskorligining oshirilishi uchun xizmat qiladi deb ishonch bilan ayta olamiz.

 

Quvvatboeva Durdona

Matematika fakulteti 2-kurs talabasi, «Kitapqumarlar klubi» a’zosi.

 

 

 

Foydali havolalar