QDU Yuridika fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha targ`ibot-tashviqot ishlari olib borildi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlad universiteti Yuridika fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha targ`ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Unda Yuridika fakulteti dekani F.Kutlimuratov kirish so`zi bilan ochib berdi va majlis mavzusi, ma’ruzachilar bilan majlis ishtirokchilarni tanishtirdi. Shundan so`ng K.Uteniyazov ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruzada talaba yoshlarga korrupsiya illatining salbiy tomonlari, bu illatning kelib chiqish sabablari, ushbu jinoyatga qarshi kurashishning so`ngi yangiliklari haqida xabar berdi. Barcha talabalarni «Korrupsiyaga qarshi kurashish» klubi faoliyatida faol bo`lishga chaqirdi.

Shundan so`ng Qoraqalpog`iston Respublikasi sudi sudyasi A.Abdukarimov ham ma’ruza qilib, talabalarga bugungi respublikadagi korrupsion jinoyatlarga beriladigan jazolar, umumiy jinoyatchilikning ahvoli, tez-tez uchrab turgan noqonuniy holatlarniy jinoiy tavfsifi haqida talabalarga ma’ruza qilib, berilgan savollarga  jonli vaziyatlar bilan javob berdi. So`zining so`ngida barchani korrupsion jinoyatlarga qarshi kurashishda faollikka chaqirdi. Tadbir so`ngida klub faoliyati hisoboti tinglandi. Klub sardori J.Turdimurodov ham korrupsion omillarni yo`qotish kerakligini e’tirof etdi. Yoshlarni bunda faollikga chaqirdi.

 

Foydali havolalar