E’lon!

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan oliy talim muassasalarida taxsil olayotgan faol yoshlarga stipendiya tayinlash to‘grisida

Nizom

 Umumiy qoidalar

1.  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining stipendiyasi (keyingi o‘rinlarda stipendiya” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasidagi kasaba uyushmasi tashkiloti mavjud oliy ta’lim muassasalarida taxsil olayotgan iqtidorli talabalarni moddiy rag‘batlantirish maksadida kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan olti (6) oy muddatga tayinlanadi.

Stependiyaga – ijtimoiy muxofazaga muhtoj, ta’lim muassasasi va kasaba uyushmalari faoliyatini rivojlantirishda faol ishtirok etayotgan talabalar oliy ta’lim muassasasining kasaba uyushmasi qumitasi qaroriga asosan tafsiya etilishlari mumkin.

2.  Stipendiya har bir hududdan 1 (bir) nafardan, Respublika bo‘yicha jami 14 (O‘n turt) nafar talabaga beriladi,

Istisno tarikasida, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi tomonidan stipendiyaga loyiq deb hisoblangan yoshlarga belgilangan kvota ( 4 ta)dan tashkari stipendiya tayinlanishi mumkin.

11. Nomzodlar tomonidan stipendiyaga hujatlarni taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish

3. Stipendiyaga nomzodlarni tanlash uchun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qorakalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shaxar kengashlarida (keyingi o‘rinlarda ”hududiy kengashlar” deb yuritiladi) stipendiya tayinlash komissiyasi tuziladi.

4.  Kasaba uyushmalari stipendiyasi:

o‘quv rejalarini yetarli darajada o‘zlashtirgan hamda chin yetim, yetim, nogiron; ijtimoiy muhofazaga muxtoj oila farzandi; ta’lim muassasasi va kasaba faoliyatida faol; boshka ko‘shimcha stipendiya olmayotgan talabalarga beriladi.

5.  Nomzodlar o‘zlari tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi kasaba uyushmasi ko‘mitasiga quyidagi:

ilovaga muvofiq to‘ldirilgan nomzod anketasi; fuqorolik pasportining nusxasi;

3.5 x 4,5 sm hajmdagi 2 dona rangli fotosurat; reyting daftarchasidan nusxa;

Nogironligi, yetimligi yoki ijtimoiy muhofazaga muhtojligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.

6.  Oliy ta’lim muassasasi kasaba uyushmasi qumitasi nomzodlardan  kelib tushgan hujjatlarni alohida jildga joylaydi, har bir jild muqovasida OTM nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, kursi, guruhini ko‘rsatadi.

7.  Stipendiyaga hujjat topshirgan nomzodlar oliy ta’lim muassasasi ilmiy  (pedagogik) Kengashi bilan kasaba uyushmasi qumitasining qushma majlislarida muhokama etiladi va yilning  3-noyabrgacha kadar kengashning stipendiya tayinlash komissiyasiga nomzodlarning hujjatlari hamda ko‘shma majlis bayoni taqdim etiladi.

Har bir hududdan ikkitadan ortiq oliy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lgan hududiy kengashlarga har bir oliy ta’lim muassasasidan bir nafardan kup bo‘lmagan nomzod taqdim etilishi zarur.

8.  Taqdim etilgan hujjatlar hamda nomzodning komissiya huzurida bergan ma’lumoti hududiy kengashning stipendiya tayinlash komissiyasi tomonidan kurib chiqiladi,

Stipendiyaga munosib ko‘rilgan (bir) nafar nomzod tanlab olinadi va hududiy kengashning ijroiya ko‘mitasi qarori bilan tasdiqlanadi.

9, Stipendiya tayinlanadigan yoshlar ro‘yxati qoida tariqasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan har yili 30 oktyabriga kadar tasdiqlanadi. Stipendiya har bir talabaga Respublikada o‘rnatilgan mexnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 2 (ikki) baravarida belgilanadi va kelgusi kalendar yilning yanvar oyidan boshlab olti oy muddatda oyma-oy to‘lanadi.

10.  Stipendiyalar hududiy kengashlar mablaglari hisobidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan o‘zaro hisob-kitob qilish orqali ajratiladi va buni yillik daromadlar hamda harajatlar smetasida ko‘zda tutadi.

11.  Stipendiya bir talabaga faqat bir marotaba beriladi va elektron bazaga kiritiladi. Stipendiya olgan talabaning ro‘yxatga qayta kiritilmasligiga hududiy kengash rahbari shaxsan javobgar va mas’ul hisoblanadi.

Foydali havolalar