Talabalar amaliyotda

Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani M.Kurbaniyazov hamda «Turkman tili va adabiyoti» kafedrasining uslubiyatchi o‘qituvchisi G.Аllabayevlar 2022-yil 11-noyabr kuni Taxiatosh tumanidagi 20-sonli umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurib, 5120100 – filologiya va tillarni o‘qitish turkman tili taʼlim yo‘nalishi talabalarining pedagogik amaliyot jarayonidagi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Suhbat mavzusi pedagogik amaliyot jarayonidagi muammolar va yechimlar xususida bo‘ldi. Mazkur maktabning 10-sinf o‘quvchilariga amaliyotchi talaba P.Аrazovning Turkman tili fanidan «Turkman tili stillari» mavzusidagi darsi fakultet dekani M.Kurbaniyazov, maktab direktori Sh.Gayliyevlar ishtirokida kuzatildi. Dars yakunlangach, amaliyotchi talabaga tegishli tavsiyalar berildi.

Fakultet dekani M.Kurbaniyazov hamda uslubiyatchi o‘qituvchi G.Аllabayevlar qozoq tili va adabiyoti fanlaridan amaliyotchi talabalar tomonidan olib borilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini nazorat qilish maqsadida Nukus shahridagi 22-sonli maktabda ham bo‘ldilar. Аmaliyotchi talabalar darslari kuzatildi. Dars yakunida o‘tilgan mavzu yuzasidan yutuq va kamchiliklar muhokama jarayonida taʼkidlandi va tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

 

Foydali havolalar