
Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim yo’nalishini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani hech kimga sir emas. Ayniqsa, chet el oliy o’quv yurtlari bilan birgalikda faoliyat olib borish Memorandumi asosida o’quv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tajriba almashish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mana shunday oliy o’quv yurtlaridan biri Turkiyaning Izmir shahridagi Ege universiteti bo’lib, bu universitet Turkiyadagi eng katta va kuchli 3 universitetning biri hisoblanadi. QDU rektori prof A.Reymov boshchiligida bugungi kunda Qoraqalpoq davlat universiteti bilan birga ishlash va tajriba almashish ishlari yaxshi yo’lga qo’yilgan.
Shu asosda 2022-yil 18-28-noyabr kunlari Biologiya fakulteti dekani bilologiya fan doktori, professor Yakub Ametov Ege universitetida xizmat safarida bo’ldi. Xizmat safaridan ko’zlangan asosiy maqsad – Qoraqalpaq davlat universitetining Biologiya fakulteti bilan Ege universitetining Qishloq-xo’jaligi fakulteti va Fan fakultetining Bilogiya bo’limi orasida tajriba alamshish, ilmiy-tadqiqot ishlarini mustahkamlash va rivojlantirish edi.


Xizmat safari mobaynida Biologiya fakulteti dekani prof. Yakub Ametov daslab Fan fakultetining dekani prof. Dinçer AYAZ bilan uchrashdi. Uchrashuvda 2 fakultet dekanlari fakultetlar orasida “O’zaro kelishuv Memrandumi” imzoladi va oldindagi amalga oshiriladigan ishlar haqida kelishib olindi.
Xizmat safari mobaynida prof. Yakub Ametov Qishloq-xo’jaligi fakulteti dekani prof. Banu YÜCEL bilan uchrashdi. Uchrashuvda 2 fakultetning tuproqsunoslik va dorivor o’simliklar bo’limlari orasida ilmiy-tadqiqot ishlarining, shu bilan birgalikda ilmiy rejalar bo’yicha birga ishlashni yo’lga qo’yish, mustahkamlashva rivojlantirish bo’yicha olddagi ishlar haqida kelishildi. Shuningdek, Qishloq-xo’jaligi va Fan fakuletlarining kafedralari, tabiat muzeyi, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalariva ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


Shu bilan birga Turkiyaning haqiqiy va takrorlanmas tabiat qo’yniga chiqib Egey dengizi va uning atrofining hayvonot va o’simliklar dunyosini ximoyalaydigan qo’riqxonalar bilan tanishdi. O’z navbatida Yakub Ametov Fan fakultetining Biologiya bo’limi talaba yoshlari va professor o’qituvchilari “Orol va Orol bo’yi ekologiyasi” mavzusida seminat o’tkazdi. Shuningdek, qatnashuvchilarning Qoraqalpoq davlar universitetining Bilogiya fakulteti faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Ikki universitet orasida amalga oshirilayotgan bu ishlar kelajakda o’z natijasini berib, óz nátiyjesin berip Qoraqalpoq davlar universitetining jahon arenasida old qatorlarga chiqishiga ishonamiz.

