Matematika fakulteti «Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari» kafedrasi professor – o’qituvchilari Amudaryo muhandislik texnikumiga amaliy yordam berish va birga ishlash maqsadida xizmat safarida bo’ldi. «Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari» kafedrasi mudiri B.Samandarov tomonidan Amudaryo muhandislik texnikumi «Kompyuter injineringi» ta’lim yo’nalishi o’quvchilariga ochiq dars o’tdi.
Ochiq dars davomida zamonaviy IT sohalaridan bir bo’lgan WEB dasturlash texnologiyalari bo’yicha tushuntirildi va freelanser bo’lib ishlash bugungi kunda ommalashayotgani haqida ma’lumotlar berib o’tildi. Mamlakatimizda IT sohasini rivojlantirish va ushbu sohaga qiziqishlarni orttirish maqsadida olib borilayotgan loyihalar, forumlar, musobaqalar va tadbirlar haqida qo’shimcha ma’lumotlar aytib o’tildi. Ochiq dars davomida o’quvchilar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi, ochiq darsda o’quvchilar faol qatnashishdi.

